Ilon Maskning fantastik poyezdi — Hyperloop’ning ilk sinovi bo‘lib o‘tdi

Ilon Maskning fantastik poyezdi — Hyperloop’ning ilk sinovi bo‘lib o‘tdi

Hyperloop One kompaniyasi ishbilarmon Ilon Mask tomonidan o‘ylab topilgan Hyperloop transport tizimi uchun mo‘ljallangan harakatlantiruvchi motorlarning ilk ochiq sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.

Sinov kompaniya tomonidan Nevada shtatidagi cho‘lda qurilgan kichik trassada bo‘lib o‘tgan.

Loyihaga ko‘ra, Hyperloop tezyurar poyezdlari bosim darajasi past bo‘lgan maxsus quvurlarda soatiga 1200 kilometr tezlik bilan harakatlanadi.

Hyperloop uchun trassalarni monorelslarniki kabi yer ustida qurish va quyosh batareyalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ilon Maskning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish ustida Hyperloop One va Hyperloop Transport Technologies kompaniyalari ish olib bormoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!