Ilon Maskning sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish uchun mo‘ljallangan yangi tarifi odatdagidan besh barobar qimmatroq bo‘lib chiqdi

Ilon Maskning sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish uchun mo‘ljallangan yangi tarifi odatdagidan besh barobar qimmatroq bo‘lib chiqdi

SpaceX kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish uchun yangi tarifni e’lon qildi. Avvalgi tarif 500 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yangi Premium tarifi undan besh baravar qimmatroq - 2500 dollar. 

Ushbu qiymat yangi foydalanuvchi terminali, sun’iy yo‘ldoshga ulanish uchun kerak bo‘ladigan qurilmalar, shuningdek, har bir plastinka uchun 500 dollar miqdoridagi depozit va xizmat ko‘rsatishning birinchi oyi uchun 500 dollar xizmatlarini o‘z ichiga oladi. 

Premium tarif oddiy tarifga nisbatan bir qancha ustunliklarga ega. Misol uchun, ushbu tarifda sun’iy yo‘ldosh antennasi kattaroq bo‘ladi hamda u ko‘p sonli sun’iy yo‘ldoshlar bilan aloqa qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, tezlik ham yuqoriroq: ma’lumotlarni yuklab olish tezligi 150-500 Mbit/sekund, tarmoqqa ma’lumotlarni yuklash tezligi esa 20-40 Mbit/sekundni tashkil qiladi. 

Shuningdek, Premium tarif foydalanuvchilari bitta akkaunt evaziga bir necha bir necha hizmat ko‘rsatish hududlariga ega bo‘lishadi. Qo‘shimchasiga, ular texnik yordam murojaatiga ega bo‘ladilar. 

150 Mbit tezlik va uskunalar uchun 2500 dollar narx juda qimmat tuyuladi. Biroq yer yuzining ko‘plab chekka joylarida yashovchi insonlar internetdan foydalanish imkoniga ega emaslar. Buning uchun ular qimmat bo‘lsa ham, sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idan foydalanishlari kerak bo‘ladi. 

Alyaskadagi oltin qazib oluvchi kompaniya firma ma’lumotlarini uzatishda foydalanadigan 2 Mbit/sekund tezlikdagi internet uchun oyiga 8000 dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi. 

O‘QING: Ultra tovushli barmoq izi skaneri qanday ishlaydi?