IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

Mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etilgandan so‘ng, mamlakatda 47 milliondan ortiq IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Gazeta.uz saytining hisob-kitoblariga ko‘ra 2020 yil boshidan beri joriy qilingan kodlarni pulli ro‘yxatdan o‘tkazish AKTni rivojlantirish jamg‘armasini 135,5 mlrd. so‘mga to‘ldirdi.

Agar jismoniy shaxslar 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini (44600 so‘m) to‘lashlari hisobga olinsa, 2,323 mln IMEI -kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish 103,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Import qiluvchilarning 691,1 ming kodi (bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi) — 30,8 mlrd so‘m, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 51,5 ming kodlari (BHMning 10 foizi yoki 22300 so‘m) — 1,1 mlrd so‘m. Shunda hammasi bo‘lib tizimga 135,5 mlrd so‘m tushdi, deya baholash mumkin.

Hukumat tomonidan 2019 yil sentyabr oyida tasdiqlangan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga binoan, IMEI -kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lov tizim operatori — UZIMEI kompaniyasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, keyinchalik ushbu mablag‘lar mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan chekka hudud va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsiya zonalaridagi loyihalarini moliyalashtirish uchun AKTni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Mablag‘larning bir qismi o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun operator ixtiyorida qoladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mobil qurilmalarni identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi amaliyotga joriy etilgandan so‘ng 2019 yil 1 yanvaridan joriy yilning 15 sentyabriga qadar respublikaga 58,8 ming dona mobil qurilmalar olib kirilgan va hozirgi kunga kelib import hajmi 7,7 baravarga o‘sgan.

2019 yil 1 apreldan 2019 yil 1 noyabrgacha kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik va bepul amalga oshirildi. Ushbu davrda 42,61 million IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2020 yil 1 yanvardan 15 sentyabrgacha — pullik asosda 3,06 mln IMEI-kodlari, shulardan importchilar — 691,1 ming (22,5%), mahalliy ishlab chiqaruvchilar — 51,5 ming (1,7%), jismoniy shaxs — 2,323 mln (75,8%) ta kod kiritilgan.

Mobil qurilmalarni identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etilgandan so‘ng, 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 15 sentyabrgacha 47,3 million dollar miqdorida 911 882 dona mobil qurilmalar import qilindi.

2019 yil 1 yanvardan joriy yilning 15 sentyabrigacha respublikaga 58,8 ming mobil qurilmalar olib kirildi, mobil qurilmalar importi hajmi 7,7 baravar oshdi. Mobil qurilmalar asosan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Gonkong va Qozog‘istondan keltirilgan.

O‘QING: IMEI-kodlar yuzasidan AKT vazirligi, IIV va Bojxona qo‘mitasi brifingi: jinoyatlar fosh bo‘ldi!