IMEI-kodlarni endi mobil operator ofislarida ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1127
  •  02.03.2021 09:46

IMEI-kodlarni endi mobil operator ofislarida ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hozirda ko‘pchilik uchun boshog‘riq bo‘layotgan mummolardan hisoblanadi. Taniqli bloger Nikita Makarenko avvalroq UZIMEI binosida shu masala bo‘yicha kechgan jarayonni yoritib, «Buni o‘ylab topganlar – islohotlarning dushmani!» degan. Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev shu masalaning «Mening fikrim» portalida hal bo‘lmayotganini yozgan.

O‘QING: UZIMEI tizimi bepul bo‘ladimi? O‘z qarorini 1 yildan buyon ijro qilolmayotgan Parlament haqida

Shu masala bo‘yicha aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Ucell uyali aloqa operatori ham qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish boshlaganini e’lon qildi. Hozirda mazkur xizmatdan kompaniyaning poytaxtdagi ikkita ofisida foydalanish mumkin:

  • «Ucell-Markaziy» (Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 1-uy)
  • «Ucell-Toshkent» (Yakkasaroy tumani, Vohidov ko‘chasi, 118-uy)

Ucell abonentlari mobil qurilmaning IMEI-kodi holatini 1170 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish yo‘li bilan tekshirishlari mumkin. Uni tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa yuqorida ko‘rsatilgan manzillardagi ikkita ofisdan biriga borish kerak bo‘ladi.

O‘QING: IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

Mobil qurilmani Ucell ofisida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi «COSCOM» MChJning mas’ul xodimiga quyidagilarni taqdim etishi shart:

  • pasportning asl nusxasi;
  • Murojaatchi tomonidan tegishli shakl bo‘yicha to‘ldirilgan ro‘yxatga olish so‘rovnomasi;
  • belgilangan bojxona me’yorlaridan oshib olib kelingan mobil qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, so‘rovnomaga ilova qilingan bojxona kirim orderi (VKO) nusxasi;
  • kurerlik pochtasi yoki xalqaro pochta orqali qabul qilingan mobil qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, muhr bosilgan konvertning so‘rovnomaga ilova qilingan fotonusxasi.
  • pochta va kurerlik xizmatlari tomonidan olib kelingan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin muhr qo‘yilgan konvertlarning haqiqiyligini tekshirish.

Bu borada batafsil ma’lumot uchun ushbu havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘ting.

O‘QING: IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha aniq va lo‘nda qo‘llanma

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!