IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yana bir qulaylik yaratildi!

  •   DiMaX
  •  2471
  •  05.08.2021 13:54

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yana bir qulaylik yaratildi!

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yangi mobil qurilmalar xaridorlariga turli tashvishlar orttirayotgan masalalardan biri IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazishdir. Avvalroq uyali aloqa operatorlaridan biri qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsata boshlagan edi, endi uning safiga UZTELECOM ham qo‘shildi.

O‘QING: UZIMEI binosidagi «bardak» haqida bloger: «Buni o‘ylab topganlar – islohotlarning dushmani!»

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish endi «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining GSM/CDMA savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ham yo‘lga qo‘yildi.

UZIMEI tizimi O‘zbekistonda joriy qilinganidan beri ko‘plab mobil qurilmalar foydalanuvchilarida ko‘pincha IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq savollar mavjud.

Endi abonentlarga qulayliklar yaratish maqsadida butun Respublika bo‘ylab UZTELECOM GSM/CDMA markaziy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari operatorlari mobil qurilmalaringizning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa operatsiyalar bilan bog‘liq har qanday muammolarni hal qilishga yordam beradi.

O‘QING: IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha aniq va lo‘nda qo‘llanma

IMEI kodlari bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Siz Kompaniyaning quyida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha operatorlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Andijon shahri, Cho‘lponshoh ko‘chasi, 9A
  • Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 5A
  • Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi
  • Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 7
  • Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 328
  • Navoiy shahri, G‘alaba shox ko‘chasi, 176
  • Namangan shahri shahri, A. Raximova ko‘chasi, 13 A
  • Nukus shahri, Garesizlik ko‘chasi, 110
  • Samarqand shahri, Pochta ko‘chasi, 9
  • Guliston shahri, O‘zbekiston shohko‘chasi, 127
  • Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi, 28
  • Denov shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 38A
  • Farg‘ona shahri, B. Marginoniy ko‘chasi, 30B
  • Qo‘qon shahri, Yangi Chorsu ko‘chasi, 264A
  • Urganch shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 63
  • Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 8; A. Navoiy ko‘chasi, 8
  • Chirchiq shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 158
  • Nurafshon shahri, Bobur ko‘chasi, 1A

 Eslatib o‘tamiz, respublikada UZIMEI tizimining joriy etilishi mobil qurilmalar egalarining huquqlarini himoya qilish, ularning noyob identifikatsiya kodlarining to‘g‘riligini tekshirish, egalarining bilmagan holda noqonuniy sotilishi va ishlatilishining oldini olishga yordam beradi, deyiladi xabarda.

O‘QING: IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi noroziliklarga rasmiy munosabat bildirildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.