IT Park imkoniyati cheklanganlar uchun bepul IT kurslarini o‘tkazdi

IT Park imkoniyati cheklanganlar uchun bepul IT kurslarini o‘tkazdi

Joriy yilning sentyabr oyida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan IT-markazda imkoniyati cheklangan odamlar uchun , ularning IT salohiyatini saqlab qolish va respublika aholisining barcha qatlamlariga yuqori sifatli IT-ta’lim berish maqsadida axborot texnologiyalari bo‘yicha bepul kurs bo‘lib o‘tdi.

Shu sababli, Imkoniyati cheklanganlar jamiyati Paxtakor bo‘limi IT-markazga o‘quv jarayonida olingan bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirish uchun moddiy-texnik bazani amalga oshirishda yordam ko‘rsatdi.

Ta’kidlash joizki, bundan buyon nogironlar IT-markazda mavjud bo‘lgan har qanday IT kurslariga bepul kirishlari mumkin. Buning uchun yashash joyiga eng yaqin joylashgan IT-markazga murojaat qilish lozim bo‘ladi.

Bir necha yillardan buyon O‘zbekiston hukumati axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishda, shuningdek, yoshlarning shu jumaladan imkoniyati cheklangan insonlar uchun IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalardan xabardorligini oshirish uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

O‘QING: «O‘zbekistonda 150 ming dollar topadigan frilanser bor» – IT-Park direktori

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!