Imtihon vaqti keldi!

Imtihon vaqti keldi!

2019-yilning eng o‘ziga xos smartfonlari bilan qanchalar tanishsiz? Buni bilish vaqti keldi. Quyida test keltirib o‘tamiz. Bildirilgan mulohazalardan bittasi noto‘g‘ri, qolganlari esa to‘g‘ri. Sizdan mana shu yagona noto‘g‘ri javobni topish talab qilinadi. Qani, ko‘raylikchi, qanchalik zamonaviy inson ekansiz!

1. Galaxy Note 10 haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Shu kungacha eng qimmat Samsung flagmani.
B. Audio jek yo‘q.
C. Full HD (1080p) displeyga ega.
D. Tashqi xotira kartasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

2. OnePlus 7 haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. 8GB tezkor xotiraga ega.
B. Orqa kamerasi qo‘shkamera.
C. Selfi kamerasi pop-up kamera.
D. Barmoq izi skaneri ekran ostida.

3. LG G8 ThinQ haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi.
B. Audio jek va Hi-Fi Quad DAC'ka ega.
C. To‘rtta orqa kamerali ilk smartfon.
D. Hand ID funksiyasi qon bosimingizni o‘lchay oladi.

4. Huawei P30 Pro haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Ilk sotuvi mart oyida AQShda boshlangan.
B. Tirqish kamera va qayrilma ekranga ega.
C. Kamerasi 5x optik zumga ega.
D. 40 vattli quvvatlash texnologiyasi mavjud.

5. Xiaomi Mi 9 haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Simsiz quvvatlash texnologiyasi mavjud.
B. Android One operatsion tizimida ishlaydi.
C. IP darajasi, audio jek va tashqi xotira uyasi mavjud emas.
D. Ikki chastotali GPS'ga ega.

6. Asus Zenfone 6 haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. 5 000 mA/soat akkumulyator sig‘imiga ega.
B. 180 daraja burchakda aylana oluvchi kameraga ega.
C. Kamerani ishga tushirish uchun maxsus tugmacha bor.
D. Audio jek mavjud, simsiz quvvat oladi.

7. Samsung Galaxy S10e haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Android Pie'da ishlaydi, yuzasida One UI.
B. Barmoq izi skaneri yon tomonda.
C. Chetlari qayrilgan.
D. Galaxy S10 Plus'da simsiz quvvatlash texnologiyasi mavjud.

8. Google Pixel 3a haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Night Sight texnologiyasi mavjud.
B. Audio jek mavjud.
C. Smartfon chetlarini siqish bilan Google Assistant'ni ishga tushirishingiz mumkin.
D. Ikkita old kamerasi mavjud.

9. Sony Xperia 1 haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. Android 8.1 Oreo'da ishlaydi.
B. Ekran nisbati 21:9 ga teng.
C. Jami to‘rtta kamerasi bor.
D. Barmoq izi skaneri o‘ng tomonda joylashgan.

10. Reno 10x Zoom haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A. 5G talqini mavjud.
B. IP darajasi mavjud emas.
C. Kamera moduli akula qanotlariga o‘xshaydi.
D. 10x optik zumga ega.

Javoblar

O‘QING: Barcha operatorlar internet paketlari narxlarini bitta joyda taqqoslaymiz!