Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  2837
  •  28.08.2020 14:03

Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan ImtihonGo nomli maxsus ilova yaratilgan edi. Ushbu mobil dastur 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan joylarning geomanzillarini ko‘rsatib beradi.

O‘QING: Inha universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi «Birdamlik» platformasini ishlab chiqishdi

Xabaringiz bor, pandemiya sababli, test sinovlari o‘tkazilishi muddati va joylari o‘zgardi. Joriy yilning 2 sentyabridan boshlab mamlakatimizda ochiq maydonlarda – stadion va xiyobonlarda imtihonlar o‘tkazilishi belgilandi. Shu boisdan ilovaga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

ImtihonGo mobil ilovasi abituriyentlar uchun o‘ziga xos ko‘mak va madad bo‘la oladi. Uning yordamida abituriyentlar:

- imtihon bo‘ladigan stadion yoki xiyobon manzilini tez va oson topa olish;

- imtihon vaqti va joyi haqidagi xabarnomani olish;

- Davlat test markazining abitur.dt.uz hamda qabul.dtm.uz rasmiy veb-saytlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Ayni vaqtda mobil ilova Google Play katalogiga joylashtirilgan bo‘lib, abituriyentlar uni ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish boshlandi