Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  1043
  •  19.06.2020 16:44

Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Ubisoft bugun – 19 iyundan boshlab uch kun mobaynida Assassin’s Creed Origins o‘yinini bepul taqdim etyapti. Shu bilan birga, Epic Games do‘koni Pathway nomli o‘yinni bepul va butunlay ulashyapti.

O‘QING: Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Pathway – sarguzasht o‘yin bo‘lib, undagi voqealar o‘tgan asrning 30-yillarida kechadi. Artefaktlar, turli maxluqlar, sirli maqbaralar – xullas, bu o‘yinga Indiana Jons filmlari ruhini singdirishgan.

Ushbu o‘yinni o‘z kutubxonangizga olib qo‘yish uchun mana bu havola orqali Pathway sahifasiga o‘tasiz. Shu yerdagi «Poluchit» tugmachasi orqali 25 iyungacha o‘yinni bepul saqlab qo‘yasiz va keyin ham bemalol o‘ynayverasiz

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!