Infinity Ward yangi COD o'yinini e'lon qildi

Infinity Ward yangi COD o'yinini e'lon qildi

Infinity Ward video o'yinlar chiqaruvchi kompaniyasi 2019-yilda chiqarilgan Call of Duty: Modern Warfare o'yinining davomi, Call of Duty: Modern Warfare 2 nomli o'yin tizer videosi va logotipini chiqardi.

Ha, to'g'ri, Activision kompaniyasi 2009-yilda allaqachon Call of Duty: Modern Warfare 2 nomi ishlatgan, lekin bu yil chiqariladigan o'yin texnik jihatdan Call of Duty: Modern Warfare II deb nomlanadi, ya'ni oldingi o'yin nomi bilan bir xil bo'lib qolmasdan, ajralib turishi uchun xuddi COD: Black Ops o'yini davomlarida ishlatilganidek rim raqamlaridan foydalanilgan. Shuningdek, oldingi COD: MW2 va bu yil chiqarilishi kutilayotgan COD:MWII umuman boshqa-boshqa o'yinlar davomi va ikkalasining hikoyalari mutlaqo farq qiladi. 

"Call of Duty'ning yangi davri" deb atalayotgan o'yinning aniq chiqarilishi sanasi hozircha ma'lum emas. O'yin birinchi bo'lib, konsol qurilmalari uchun, keyinroq esa kompyuterlar uchun chiqariladi.

O'QING: Yilning birinchi choragi top ilova va o'yinlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.