Infinix Zero 5G 2023 smartfoni chiqarildi!

Infinix Zero 5G 2023 smartfoni chiqarildi!

Hali 2023 yil kirib kelganicha yo‘q, lekin Infinix o‘zining Zero 5G 2023 smartfoni bilan bayramni boshlab yubordi.

O‘tgan yilgi Zero 5G davomchisi MediaTek'ning 6 nanometrli Dimensity 1080 chipseti bilan jihozlangan. U esa 256 GB xotiradan 5 GB "qarzga olib turish" orqali 13 GB bo‘ladigan RAM bilan Android 12'ga asoslangan XOS12 operatsion tizimida ishlaydi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Zero 5G 2023 o‘zining avvalgisidan umumiy 10 foizga tezroq ishlaydi. Qurilmaning 5000 mA/soat batareyasi 33 Vt tezlikda zaryadlanadi.

Zero 5G 2023 smartfoni uchlik orqa kamera tizimiga ega. Undagi bosh qahramon sun’iy intellektga asoslangan 50 MP bo‘lsa, qolgani ikkita 2 MP kameralardir. Ular bilan kam yorug‘likdagi tasvirlar olish Super Tungi rejimi, Tungi filtr va tumanli osmonni ko‘k rangga aylantirish uchun Sky Remap tahrirlash funksiyasi mavjud. Shuningdek, asosiy kamera 960 kadr/sekund "slow motion"ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Old tomonda smartfon 6.78 dyuymli 120 gers yangilanish tezligiga ega FHD+ displey bilan ta’minlangan va u 500 nit maksimal yorqinlikka chiqa oladi. Ekran yuqori markazidagi yumaloq tirqishdan esa 16 MP selfi kamera o‘rin olgan.

Aloqa, ulanish borasida smartfon 5G va Wi-Fi 6 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘shimchasiga smartfon barmoq izini aniqlash skaneri va Hi-Res sertifikati mavjud.

168.73x76.53x8.9 mm o‘lcham va 201 gramm og‘irlikdagi Infinix Zero 5G smartfoni oq, qora va apelsin ranglarda 239 dollar yoki 2,664,000 so‘m atrofidagi narxda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Vivo narxi 100 dollarga bormaydigan yangi smartfon chiqardi