INFINIX’dan mobil o‘yinlarning yangi darajasi

INFINIX’dan mobil o‘yinlarning yangi darajasi

2023 yilning 16 may kuni poytaxtimizdagi eng hashamatli mehmonxonalardan biri – InterContinental’da yangi modellar taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahilarimizda xabar bergandik. Unda Terabayt.uz sayti tahririyati ham ishtirok etib, taqdimotni onlayn tarzda Instagram va Telegram orqali jonli efirda yoritib bordi.

Ushbu tadbirda Infinix kompaniyasi HOT 30 Play va NOT 30i modellarini o‘z ichiga olgan yangi HOT 30 smartfonlar seriyasini rasman taqdim etdi. HOT 30 seriyasi protsessor, ekran, zaryadlash va video funksiyalarida katta yangilanishlarga uchradi. Ushbu yangilanishlar HOT 30 seriyasini boshqa o‘yin telefonlaridan ajratib turadi. Xususan, HOT 30 Play, masalan, katta operativ xotira (16 GBʼgacha RAM) va doimiy (128 GB ROM) xotirasi, sig‘imdor akkumulyator (6000 mAh) va ajoyib sifatli (90 Hz 6.82" HD+) katta ekranga ega. Shu bilan birga HOT 30i katta operativ xotira (16 GBʼgacha RAM) va o‘rnatilgan (128 GB ROM) xotirasi, ajoyib kamerasi (50 MP) va a’lo sifatli katta (90 Hz 6.6" HD+) ekranga ega.

“Infinix’da yosh avlod ehtiyojlarini tushunishga katta ahamiyat berganmiz va innovatsiyalar qilishga intilganmiz. O‘zbekistonda HOT 30 Play va HOT 30i modellari bilan taqdim etilgan HOT 30 seriyasi bizda katta hajmdagi tezkor xotira, yuqori sig‘imli batareyalar, yorqin HD ekranlar, kuchli o‘yin protsessorlari, katta hajmdagi ichki xotira va tezkor zaryadlashga ega”, – deya ta’kidladi Infinix Mobility kompaniyasining O‘zbekistondagi kauntri-direktori Djeng Feyda.

“Bu xususiyatlar mobil o‘yinlarni keyingi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz. Bundan tashqari, HOT 30 seriyasi raqobatbardosh narxga ega, bu yuqori sifatli mobil qurilmalarni qidirayotgan har bir yosh foydalanuvchini hayratda qoldirishiga aminmiz”, — dedi Infinix Mobility kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha marketing direktori Iroda Xasanova.

Taqdimotda ko‘plab matbuot vakillari, mahalliy VIP-inflyuenserlar, yetakchi texno- blogerlar, shuningdek, O‘zbekistondagi kompaniya hamkorlari ishtirok etdi. Aktyor, qo‘shiqchi va bloger Ozodbek Hurramov esa Infinix’ning rasmiy elchisi bo‘ldi:

"Men o‘zim tez-tez telefonda o‘yin o‘ynayman, ekranning sifati va o‘lchami, quvvati qancha vaqtga yetishi men uchun judayam muhim. Elchi sifatida avvalo o‘zim bu telefonni allaqachon sinab ko‘rdim va o‘ylaganimdan ham yaxshiroq quvvatga ega ekanligini tushundim", - dedi bloger.

Bundan tashqari, Infinix tomonidan PUPG mobil o‘yinlar korporatsiyasi bilan birgalikda yaratilgan PUPG Mobile ko‘ngilochar hududi mehmonlarning diqqatini tortdi. Bu yerda tadbir mehmonlari nafaqat qiziqarli va o‘ziga xos suratlarga tushishlari, balki professional o‘yinchilarning PUPG Mobile o‘yinini qanday o‘ynashini ko‘rishlari, kibersportning ushbu turida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ldi.

17-31 may kunlari ijtimoiy tarmoqlarda HOT 30 seriyasi va PUBG Mobile’ning qo‘shma tanlovi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish va Infinix’dan yangi smartfonlarni yutib olish uchun siz @infinix_uzbekistan va @pubgmcis sahifalariga obuna bo‘lishingiz kerak.

Mobil o‘yinlar uchun yaratilgan smartfon

Infinix’ga yaxshi ma’lumki, bugungi yoshlar mobil o‘yinlardan foydalanib stressni yoo‘qotishni yaxshi ko‘rishadi, ammo oddiy uyali telefonlar juda qizib ketishi, barqaror tarmoq tezligini ta’minlay olmasligi sababli bu qiyinlashadi va ortidan yanada ko‘proq noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Infinix HOT 30 seriyali smartfonlarini - sifatli yuqori tasvir, kam issiqlik hosil qilish, smartfon o‘yinlarini yuqori darajada o‘ynash, tezkor ishlash uchun yuqori tarmoq tezligini taklif qiluvchi mustahkam va yuqori unumdor telefonlarni taqdim etdi.

HOT 30 Play modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Katta hajmdagi kengaytiriladigan xotira (16 GBʼgacha RAM) bilan HOT 30 Play 8 GB jismoniy xotira unumdorligini ikki baravar oshiradi, bu yuklashni tezlashtiradi va bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Model kuchli Media Tek protsessori bilan jihozlangan.

Bir kunlik zaryad

Smartfonlar nafaqat yuqori unumdorlikni, balki batareyaning uzoq ishlash muddatini ham talab qiladi. HOT 30 seriyali smartfonlar ushbu ehtiyojni yuqori quvvatli batareya bilan qondiradi. Xususan, HOT 30 Play modeli 6000 mA/soat quvvatga ega bo‘lgan, butun kun davomiga yetarli akkumulyatorga ega. Bu smartfonga kutish rejimida 48 kun ishlash, 25 soat video striming, 70 soat telefon qo‘ng‘iroqlari va 18 soat o‘yin o‘ynash imkonini beradi (kompaniyaning ichki testlariga ko‘ra).

 

Bundan tashqari, HOT 30 seriyali smartfonlar eksklyuziv Power Marathon quvvat tejash funksiyasini taqdim etadi, bu esa telefonga kun bo‘yi kutish rejimida turish, yoki 5% quvvat bilan 2 soat davomida uzluksiz gaplashish imkonini beradi. Bu xususiyat foydalanuvchilarga yo‘lda uzluksiz o‘yin tajribasidan bahramand bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Kritik daqiqalarda batareyani tez zaryadlash kerak bo‘lgan geymerlar uchun Infinix HOT 30 seriyali smartfonlarini tez zaryadlash texnologiyasi bilan jihozladi. Katta batareya va tez zaryadlash kombinatsiyasi bilan ushbu smartfonlar seriyasi do‘stlar davrasidagi o‘yin seanslari uchun yaxshi tanlovdir va o‘yin oxirigacha o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlay oladi.

Ultrayorqin o‘yindan rohatlaning

Immersiv o‘yin tajribasini taqdim etish uchun HOT 30 Play smartfoni 6,82 dyuymli va 90 Gs yangilanish tezligiga ega ajoyib ravshanlik va mustahkamlikka ega ekran bilan ta’minlangan bo‘lib, tezkor mikro-operatsiyalarni o‘z vaqtida bajaradi. U tashqi tasvirni tiniq va yorqin qiladigan texnologiyani o‘z ichiga olgan.

Barchaga birdek qulay

Mehmonlar hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan sinov zonasida kompaniyaning HOT 30 seriyali smartfonlarining barcha funksiyalarini ishlashi va samaradorligini tekshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayni paytda O‘zbekistonda HOT 30 seriyasi ikkita HOT 30 Play (oq-qora) va HOT 30i (qora va ko‘k rangda) bilan namoyish etilmoqda va ularning chakana narxi HOT 30 Play modeli uchun 1549 ming so‘m va HOT 30i 4/128GB modeli uchun 1319 ming so‘m, HOT 30i 8/128GB modeli uchun 1449 ming so‘mni tashkil etadi.

Kompaniya haqida

Infinix - tez rivojlanayotgan smartfon kompaniyasi bo‘lib, u 2013 yilda tashkil etilgan Infinix brendi ostida butun dunyo bo‘ylab o‘sib borayotgan mobil qurilmalarni loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi va tarqatadi.

E’tiborini yoshlarga qaratgan Infinix ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydi va uni ajoyib uslub, quvvat va ishlashni taklif qiluvchi ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan mobil qurilmalarga aylantiradi. Infinix qurilmalari zamonaviy, dinamik, hamyonbop va ilg‘or qurilmalardan biri bo‘lib, oxirgi foydalanuvchi texnologik taraqqiyotda muhim o‘rinda turadi. Kompaniya ajoyib dizayn va katta qiymatga ega bo‘lgan flagman qurilmalarni yaratishni davom ettirish bo‘yicha katta rejalarni maqsad qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!