Infinix'ning qaysi smartfoni 260 Vt tezlikda zaryadlanadi?

Infinix'ning qaysi smartfoni 260 Vt tezlikda zaryadlanadi?

O'tgan hafta Infinix kompaniyasi o'zining 260 Vt tezlikda smartfonni simli quvvatlash texnologiyasini taqdim qilgan edi. Bugun esa Internetda ushbu texnologiya bilan jihozlanadigan ilk Infinix smartfoni haqidagi ilk ma'lumotlar paydo bo'ldi.

MySmartPrice nashrining xabar berishicha, Infinix GT 10 Pro smartfoni kompaniyaning 260 Vt tezlikdagi quvvatlash texnologiyasiga ega bo'ladi. Bo'lajak smartfonning texnik xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar ham allaqachon oshkor qilingan. Ma'lum bo'lishicha, qurilma 6.8 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega AMOLED displeyga ega bo'ladi. Orqa tomonda smartfon 200 MP asosiy kameraga ega bo'lishi aytilmoqda. Kapot ostida esa MediaTek'ning Dimensity 9000 chipseti 12 GB RAM va 256 GB xotira bor.

Telefon 5000 mA/soat batareyaga ega bo'lishi mumkin. Ta'kidlash joizki, Infinix o'zining 260 Vt zaryadlash texnologiyasini 4400 mA/soat batareya bilan sinovdan o'tkazgan edi. O'shanda batareya 8 daqiqadayoq quvvatlangan edi. 5000 mA/soat bilan esa smartfon 10 daqiqaga yaqin vaqtda noldan to'liq zaryadlanishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Infinix GT 10 Pro smartfoni shu yilning uchinchi choragida chiqariladi.