Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!

  •   DiMaX
  •  3481
  •  17.06.2019 16:47

Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!

Uyali telefonlarning jahon bozorida paydo bo‘lganiga 40 yil bo‘lib qolgan. Ammo internetga kirishni ular «atigi» 20 yilcha avval o‘rganishgan.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

2000-yillarning boshlarida 3G tarmog‘i simsiz aloqaning yangi erasiga asos soldi. Ya’ni, uyali telefonlar nafaqat ovozli qo‘ng‘iroq va SMS-xabar yozish, balki endi internetga kirish vositasi ham bo‘ldi.

2009 yilda taqdim etilgan 4G texnologiyasi esa yanada ko‘proq imkoniyatlar eshigini ochdi. To‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i nafaqat internet-sahifalarni ko‘rish, balki onlayn tarzda yuksak sifatli video ko‘rish, konferens-aloqa qilish va onlayn o‘yinlar o‘ynashga imkon berdi.

O‘QING: Ilk 5G tijorat tarmog‘i unchalik ham halol emas ekan

Endi esa beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 5G texnologiyasi kirib kelayotir. Ushbu telekommunitsion standart umuman boshqacha antennalar va radiochastotalarni qo‘llaydi. Yuksak chastotalardan foydalanilishi sharofati bilan 5G tarmog‘ida mobil internet tezligi 15−20 karraga oshadi.

5G – simsiz aloqa tarmog‘ining beshinchi avlod standarti bo‘lib, unda ma’lumot uzatish tezligi o‘ta yuqori. Masalan, yuqori sifatli va katta hajmli bitta filmni unda bir soniyadan (1 sekunddan!) ham kamroq vaqtda ko‘chirib olish mumkin! Hozirda amalda bo‘lgan 4G tarmog‘ida esa bunga taxminan 10 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ushlanib qolish muddati ham bir millisekunddan oshmaydi (4G tarmog‘ida bu ko‘rsatkich 70 ms.ga teng). To‘rtinchi avlod aloqa standartida o‘tkazuvchanlik qobiliyati bir gigabitga teng bo‘lsa, 5G’da bu 20 karra tezkorroq bo‘ladi.

O‘QING: «Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

Rossiyaning «AiF» nashri uchta avlod – 3G, 4G hamda 5G standartlarining o‘zaro farqini infografika tarzida e’lon qildi. Mana, uni quyida ko‘rishingiz mumkin:

Ayni damda 5G standarti allaqachon Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya va ayrim Yevropa shaharlarida sinov tariqasida ishga tushirilgan. Rossiyada uni 2020 yildan joriy eta boshlashadi, O‘zbekistonda esa ushbu texnologiyaning sinovini UzMobile allaqachon o‘tkazgan. Ushbu texnologiya haqida Terabayt.uz saytida ko‘plab xabarlar e’lon qilingan.

O‘QING: Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!