Inha universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi «Birdamlik» platformasini ishlab chiqishdi

  •   DiMaX
  •  375
  •  07.08.2020 18:02

Inha universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi «Birdamlik» platformasini ishlab chiqishdi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan Covid-19 Challenge 2020 tanlovi doirasida g‘olib deb topilgan «Birdamlik» nomli loyihani taqdim etishdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi

Ixtitrochilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha ko‘ngillilar harakatini mufoviqlashtirishga, ko‘ngillilar va yordamga muhtoj fuqarolar orasida samarali muloqot olib borishga hamda ularga maqsadli yordam ko‘rsatishga zamin yaratib beradi.

Buning uchun loyihaning birdamlik.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, muvofiqlashtiruvchi shaxs tomonidan belgilangan vazifani, ya’ni muhtojlarga yordam berishni bajarish lozim. O‘z hissalarini qo‘shmoqchi bo‘lgan homiylar ham saytda ro‘yxatdan o‘tadi.

Bundan tashqari, saytda statistika ham mavjud, va unda topshirgan arizalarninig soni, jalb qilingan ko‘ngillilarning va ulardan tashkil qilingan guruhlarning soni aks ettirilgan. Aytib o‘tish joizki, mazkur loyiha yaqinda ishga tushganligi qaramasdan o‘z samarasini namoyon etmoqda. 2020 yil 6 avgust holatiga ko‘ra, loyiha doirasida 6 ta ariza kelib tushgan, 43 nafar ko‘ngillilar ro‘yxatdan o‘tgan va ulardan 5 ta guruh tashkil qilingan.

O‘QING: Speedtest: Pandemiya paytida O‘zbekistonda internet tezligi dunyodagiga ko‘ra ko‘proq oshdi