Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi

  •   DiMaX
  •  578
  •  12.03.2019 14:24

Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi

2019 yil 11 martda Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi. Bu xususda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bergan.

O‘QING: Inha universitetida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan ta’lim dasturi ochildi

Unda ushbu oliy ta’lim muassasasi talaba va o‘qituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, buyumlar interneti, to‘ldirilgan reallik, mashina orqali o‘quv va kompyuter ko‘rish doirasi texnologiyalarini qo‘llagan holda, IT-yechimlar ishlanmalari va ularni sinovdan o‘tkazish ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Laborotoriyaning ochilish marosimida raqamli iqtisodiyotga o‘tish davrida bozor malakali IT-mutaxassislarga ulkan ehtiyoj sezishini, ilg‘or IT-texnologiyalar yordamida aniq vazifalarga yechim topish Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga o‘z malakalarini oshirishlariga zamin yaratishiga e’tibor qaratildi.

SAP Next-Gen Lab zarur texnik uskunalar, ya’ni kompyuterlar, 3D-printerlar, to‘ldirilgan reallik garnituralari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda, protatiplarni yaratish uchun talabalar va o‘qituvchilarga SAP’ning platformali yechimlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Talabalar ishlari formati loyihaviy seminarlar, xakatonlar, mahorat-maktablari va treninglarning o‘tkazilishini nazarda tutadi.

SAP Next-Gen Lab – bu SAP’ning Universitet alyansi tashabbusidir. Universitetlar bazasida innovatsion laborotoriyalar tashkil etiladi. Ularda talabalar loyihalar ustida ish olib boradilar. Jamoalarga mijozlar va SAP hamkorlari vaziflar topshiradi. Butun dunyoda 100 dan ortiq shunday laborotoriyalar tashkil etilgan.

O‘QING: Inha universiteti uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslarining filialini ochdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!