Inha universitetidagi «Ochiq eshiklar kuni»ga marhamat!

  •   DiMaX
  •  783
  •  11.02.2019 16:41

Inha universitetidagi «Ochiq eshiklar kuni»ga marhamat!

Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazadi. Bu xususda mazkur ta’lim dargohining rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Toshkentda bolalarga dasturlash va robototexnikani o‘rgatuvchi RoboCraft kurslari ochilmoqda

Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati «Ochiq eshiklar kuni»ni 2019 yilning 16 fevralida o‘tkazadi.

«Ochiq eshiklar kuni» Ziyolilar ko‘chasi 9 manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida, soat 10.00da boshlanadi.

«Ochiq eshiklar kuni» davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob qaytaradi.

O‘QING: Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.