Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

  •   DiMaX
  •  3101
  •  15.09.2020 10:45

Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi – Nuruddin Iminoxunov dunyodagi yirik IT-kompaniyalardan bo‘lgan Facebook’da (Pro Unlimited @ Facebook kompaniyasi orqali) o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda u mazkur tarmoqdagi o‘z profilida xabar bergan.

O‘QING: Tayyorgarlik ko‘ravering – sentyabrdanoq eski Facebook butkul yo‘q bo‘ladi!

O‘zbek va ingliz tillarida yozilgan postiga ko‘ra, Nuruddin Iminoxunov mazkur kompaniyaning O‘rta Osiyo hududida Facebook mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritadi.

Bilamizki, Facebook kompaniyasiga, shu nomdagi ijtimoiy tarmoqdan tashqari, Whatsapp va Instagram kabi servislar, ularning ilovalari ham qarashli. N.Iminoxunov esa ushbu dasturlarga yangi imkoniyatlar qo‘shilishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Yosh mutaxassis buning o‘zi uchun katta yutuq ekanligini ta’kidlagan va mazkur muvaffaqiyatga erishuvida katta hissa qo‘shgan oila a’zolari, ustozlari hamda do‘stlariga minnatdorchilik izhor etgan.

Shu bilan birga, u Facebook’dagi verifikatsiya, bloklash kabi masalalar o‘z vakolati doirasiga kirmasligini ham eslatib o‘tgan.

O‘QING: Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!