Innovatsion kompaniyalar reytingida Apple’ning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Innovatsion kompaniyalar reytingida Apple’ning o‘rni ma’lum bo‘ldi

Apple korporatsiyasi MIT Technology Review jurnali talqiniga ko‘ra, jahonning eng innovatsion kompaniyalari reytingida 16-o‘rinni egalladi. Bu reytingda video-karta va protsessorlar ishlab chiqaruvchi nVidia kompaniyasi yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

Tadqiqot mobaynida mutaxassislar jahonning 100 dan ziyod kompaniyalarining innovatsion ishlanma va loyihalarini, yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarini, brendlarning jahon rivojiga qo‘shayotgan hissalarini o‘rganishdi.

Картинки по запросу nVidia

nVidia kompaniyasi 2015 yildan boshlab mazkur reytingga kirgan va bu yil birato‘la 11 pog‘ona yuqorilab, peshqadamlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda kompaniya tomonidan rivojlantirilayotgan sun’iy aql texnologiyasi muhim o‘rin egallagan. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi moliyaviy chorakda kompaniyaning ma’lumotlarni qayta ishlash va avtomobil biznesidan oladigan daromadi 186% ga oshgan. Shuningdek, kompaniya 7-avlod video-kartasini ishlab chiqarish uchun $3 mlrd dollar sarflagan.

2-o‘ntalikdan o‘rin egallagan Apple texnologiya olamida raqiblari bo‘lmish Alphabet, Amazon va Intel kabi nufuzli brendlardan orqada qolgan. Reytingda, Apple o‘zining HomePad “aqlli” akustik tizimi orqali Amazon kompaniyasidan orqada qolayotgani qayd etilgan.

“Yangi innovatsion mahsulotlarning yo‘qligi va mijozlarning kompaniyaning Apple Pay va Apple Watch ishlanmalariga nisbatan sovuqqon munosabati bois, Apple HomePod “aqlli” qurilmasini Amazon Echo devaysiga qarshi sotuvga chiqardi. Kompaniya, shuningdek “sun’iy aql” va innovatsion avto-tizimlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham loyihalar qilmoqda”, deyiladi hisobotda.

Похожее изображение

Reytingda 2-o‘rinni 2011 yildan buyon shu o‘rinni band qilib kelayotgan SpaceX kompaniyasi egallagan. Kompaniya joriy yilda bir raketani samoga 2 marta parvozga chiqarib, uni yana Yerga xavfsiz qayta qo‘ndirish mumkinligini, bu esa samoviy parvozlar xarajatini bir necha martaga arzonlashtirishini amaliy tajribalari bilan isbotladi. SpaceX’ning reytingdagi peshqadamligi aynan shu bilan izohlangan.

Jahonning eng ilg‘or kompaniyalari qatorida kuchli uchlikni Amazon yakunlagan. Shuningdek, peshqadam “10 lik”ka 23andMe, Alphabet, iFlytek, Kite Pharma, Tencent, Regeneron hamda Spark Therapeutics kompaniyalari kiritilgan.

Apple muxlislari bu tadqiqot ishining homiysi “Olma”ni ko‘rishga ko‘zi yo‘q Qualcomm kompaniyasi ekanini aytib, o‘zlariga taskin berishmoqda.