Innovatsion Mate 10 Pro smartfoni olgan ilk suratlar e’lon qilindi

Innovatsion Mate 10 Pro smartfoni olgan ilk suratlar e’lon qilindi

Jahonning muvaffaqiyatli smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei 2017 yilning oktyabrida Germaniyaning Myunxen shahrida «neyronli protsessor»ga ega Mate 10 va Mate 10 Pro flagman smartfonlarini taqdim qilgan edi.

Smartfonda Leica'ning qo‘sh sensorli bosh kamerasi mavjud. Bu sensorlardan biri 12 megapikselli va u rangli sensor hisoblanadi. Ikkinchi -- 20 megapikselli modul esa monoxrom sensor. Ularga yorug‘lik taqsimlashda hozircha eng ilg‘or bo‘lgan f/1.6 diafragmasi va optik barqarorlashtirish tizimi o‘rnatilgan.

Quyida Mate 10 Pro flagmanida olingan ilk suratlarga baho bering: 

Kirin 970 protsessorida alohida NPU (Neural Processing Unit) deb nomlangan blok mavjud. Bu qismga joriy qilingan "sun’iy idrok" texnologiyasi yordamida smartfon "aqlli mashina"ga aylanadi va qator ilg‘or funksiyalarni bajaradi. Misol uchun, bu texnologiya smartfonga fotosuratdagi buyumlarni tanib olish, olingan suratlarni sifatli qilib qayta ishlash kabi vazifalarni bajaradi. Bu jihat ilk marotaba Apple’ning so‘nggi A11 Bionic chipida ham tatbiq qilingan.

Bu esa 8 megapikselli selfi kamera olgan surat.

Huawei Mate 10 Pro 6 dyuymli, OLED matritsali, Quad HD (1080 x 2160 pikselli) sig‘imli va tomonlari 18: 9 nisbatli romsiz ekranga ega bo‘lgan. Flagman tezkor xotirasi 6 GB, doimiy esa talqinidan kelib chiqib 128 yoki 256 GB. Kirin 970 chipi 2,8 GGs chastota tezligiga ega. 8 yadroli (4x Cortex A73 va 4x Cortex A53) bu protsessor ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi.

Huawei Mate 10 Pro avvaliga Yevropada noyabrda sotuvga chiqarildi. Uning eng arzon talqini (128 Gb) 944 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan. Yuqori versiyadagi (256 gigabaytli) Porsche dizayni 1,645 dollardan sotilmoqda.