Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1535
  •  11.07.2020 14:26

Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

Kupertinolik korporatsiya iPhone 12’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin Apple ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan...

O‘QING: Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

Yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlash adapteri bo‘lmasligini Apple’ning o‘zi boshqacha yo‘l bilan tasdiqlagan. Shu va boshqa xabarlarga asoslanib, insayder EverythingApplePro hamda XDA Developers orqali tanilgan Maks Veynbax (Max Weinbach) yangi modellardagi iPhone’lar qadog‘ining render videosini tayyorlashdi.

Ushbu videorolikda iPhone 12’ning yangilangan va ancha ixchamlashib qolgan qadog‘i ko‘rsatilgan. Uning ichida smartfonning o‘zidan tashqari Lightning kabeli hamda kerakli qog‘ozlar (hujjatlar, yo‘riqnoma, kafolat kabi) mavjud – jamlanmaning bor-yo‘q bisoti shu!

Eslatib o‘tamiz, kupertinoliklardan o‘rnak olib, Samsung ham yangi smartfonlar jamlanmasidan zaryadnikni olib tashlayapti.

O‘QING: Samsung ikkita hamyonbop va ommabop smartfoniga flagmancha funksiyalar qo‘shdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!