Insayder Samsung Galaxy S11 haqida yomon xabar berdi

Insayder Samsung Galaxy S11 haqida yomon xabar berdi

Koreys kompaniyasi Galaxy Note 10'ni tajriba quyonchasiga aylantirib, unda keskin o‘zgarish qilish niyatida edi. Yaxshiyamki, Note bunday tub burilishdan "qutulib qoldi". Lekin S11'ning bu borada omadi kelmaydigan ko‘rinadi. Sanoatdagi taniqli insayder Ice Universe'ning aytishicha, Galaxy S11'da tugmalarsiz dizayn qo‘llanilishi mumkin, ya’ni smartfonda hech qanday moddiy tugma bo‘lmaydi.

Qurilmada hech qanday tugmaning bo‘lmasligi uning moddiy tomon sifati va suvga chidamliligini oshirsa-da, bunday dizayn g‘oyasi ilgari o‘zini oqlamagan; hozir ham oqlashiga ishonish qiyin. 

Bir tomondan, moddiy tugmachalar sensorlar kabi emas, albatta — ulardan foydalanish amaliyoti sensorlardagi kabi yengil emas. Ikkinchi tomondan esa, bir necha marta tezkor bosishni talab qiluvchi harakatlar, masalan, ovoz balandligini nazorat qilish uchun, bunday tugmalar mexanizmi noqulaylik tug‘diradi.

Shunday bo‘lsa-da, tugmalarsiz texnologiyalarni joriy qilish borasida Samsung qat’iy ko‘rinadi. Iyun oyida, Ice Universe kompaniyadagilar Note 10'da ushbu dizayndan foydalanishni xohlaganliklari, biroq bu o‘ta radikal o‘zgarish kompaniyaning sinovlaridan o‘tmagani va Note 10'da moddiy tugmalardan voz kechilmasligi haqida xabar bergan edi.

Biroq istiqbolga nazar tashlasak, Samsung bu borada oldinga siljiyotgan ko‘rinadi.Nima bo‘lgan taqdirda ham, hozirga qadar Galaxy S11 haqida ko‘p narsa bilib oldik. Ice'ning o‘zi smartfonni "yangicha ibtido" deb baholab, uning takomillashgan dizayni, ishlash samaradorligining oshgani, keyingi avlod xotira sig‘imi, yangicha akkumulyator texnologiyasi va tub burilish yasovchi kuchli sun’iy ongga ega kamerasini alqaydi.

To‘g‘ri, Galaxy S seriyasining tugatilib, S/Note gibridining yaratilishi haqida xavtorilar ham yo‘q emas. Qaysi yo‘lni tutmasin, Samsung keyingi yilgi flagmani shov-shovli bo‘lishini xohlamoqda.

O‘QING: Insayderlar Samsung Galaxy S11 haqida eksklyuziv ma’lumot e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!