Insayderlar Samsung Galaxy S11 haqida eksklyuziv ma’lumot e’lon qildi

Insayderlar Samsung Galaxy S11 haqida eksklyuziv ma’lumot e’lon qildi

Samsung Galaxy S11 flagmani qaysi ranglarda bo‘lishi haqida Sammobile saytida eksklyuziv ma’lumot e’lon qilindi. S11 haqida gapirishga hali erta bo‘lishi mumkin, lekin qurilma Samsung'ning keyingi flagamani bo‘lishini inobatga olib aytish mumkinki, yaqinlashib kelayotgan bir necha hafta ichida u haqda yanada ko‘proq ma’lumotlar oqimi paydo bo‘ladi.

Samsung Galaxy S11 taqdimoti keyingi yil boshida bo‘lishi kerak. Agar Galaxy'lar taqdimoti an’anasi yana davom ettirilsa, navbatdagi flagman 2020 yil fevraliga qadar namoyish qilinishi kerak.

Sammobile'dagilarning yozishicha, Galaxy S11'da ranglar gammasi odatdagi ranglardan iborat bo‘ladi. Samsung devaysning ko‘k, pushti, qora va oq rangli talqinlarini ishlab chiqarmoqchi. Galaxy Note 10 ham bu ranglarning barchasida mavjud. Kompaniya Note 10'da Aura brendini qo‘llagan edi. Bu S11'ga ham joriy qilinishi mumkin. Agar rostdan shunday bo‘lsa, S11 Aura Glow rangida ham taqdim qilinishi mumkin, bu rang ko‘plab ishqibozlarga yoqib tushadi. Aura Glow qanchalik muvaffaqiyatli chiqishini Note 10 ko‘rsatib bergandi. Galaxy S11 ishqibozlari smartfonning bu rangdagi talqinidan juda mamnun bo‘ladi.

Insayderlari, shuningdek, smartfonning xotira sig‘imi opsiyalari haqida ilgari ma’lumot berishgani haqida yozadi. Ularning aytishicha, S11 oilasi smartfonlari 128GB'dan 1TB'gacha bo‘lgan xotira sig‘imga ega bo‘ladi. Galaxy Note 10 haqidagi ilk mish-mishlarda ham, ham 128GB, ham 1TB sig‘imga ega ichki xotira haqida gapirilgandi, biroq har ikkisi ham oxir-oqibatda noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Yaqin kunlar ichida Galaxy S11 haqida yangi ma’lumotlarni kutib qoling. Yaqin kelajak flagmani haqidagi nazariyaga asoslangan mish-mishlar ham paydo bo‘lishni boshlamoqda.

O‘QING: Aylanuvchi kamerali Galaxy A80 va boshqa Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 7 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!