Instagram’dagi ommabop imkoniyat YouTube’ga ham joriy etilyapti

  •   DiMaX
  •  629
  •  06.02.2019 11:59

Instagram’dagi ommabop imkoniyat YouTube’ga ham joriy etilyapti

YouTube ishlab chiquvchilari videoroliklarning oqimli translyasiyasi servisini takomillashtirishda davom etishmoqda. Hozirda ular Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ommalashgan bir imkoniyatni sinab ko‘ra boshlashgan.

O‘QING: YouTube’dagi eng ommaviy funksiyalardan birini olib tashlashmoqchi

Bu yerda gap Explore nomli yangicha qidiruv tugmachasi haqida ketyapti – u xuddi  Instagram’dagidek prinsip asosida ishlaydi. Ya’ni, foydalanuvchiga uning avvalgi ko‘rishlari tarixiga va boshqa parametrlarga asoslanib, unga ma’qul kelishi mumkin bo‘lgan turli videoroliklar tavsiya etiladi. Bu esa YouTube’da yanadi qiziqarli lavhalar, kliplar, turli shoularni tezroq topishda ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, endi original qiziq kontentlar e’lon qiluvchi yangi kanallar ham qidiruv natijalarida ko‘proq chiqariladigan bo‘ladi. Buning uchun Explore bo‘limida alohida – On the Rise nomli band bor. U yerda obunachilari soni o‘n mingga yetmaydigan kanallarning qiziqarli yangi videoroliklari yig‘ilib boradi.

Ayni damda Explore funksiyasi kam sonli qurilmalar doirasida yo‘lga qo‘yilgan, ammo keyinroq u barcha YouTube foydalanuvchilari uchun to‘liq joriy etiladi.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!