Instagram ham TikTok'lashib ketmoqda

Instagram ham TikTok'lashib ketmoqda

Meta'ning Instagram ijitimoiy tarmog'i o'zining mobil ilovasiga kirishdagi bosh sahifada xuddi TikTok'da bo'lgani kabi videolar va suratlarni to'liq, vertikal ekranda ko'rsatish xususiyatini sinayotgani haqida uning rahbari Adam Mosseri xabar bermoqda. Bunda foydalanuvchilar ilovaga kirishlari bilan to'g'ridan-to'g'ri kontentni ko'rishni boshlaydilar, xuddi TikTok'da bo'lgani kabi.

Postlarni bunday to'liq ekranda ko'rinishida Stories'lar yuqorida qoladi, lekin lentani aylantirish boshlanganida ular yo'qolib qolishi aytilmoqda. Asosiy yorliqlar esa o'z joyida bo'ladi.

Yaqinda Instagram o'z foydalanuvchilariga qo'shimcha ikki xil lentani taqdim qildi. Bittasi faqat foydalanuvchi obuna bo'lgan akkauntlar postlarini ko'rsatadigan Following lentasi bo'lsa, ikkinchisi foydalanuvchi 50 tagacha akkaunt qo'shishi mumkin bo'lgan Favorites bo'lib, ushbu ikki lentaga ilovaga kirgandan so'ng bosh sahifaning yuqori chap burchagida Instagram belgisi ustiga bosish orqali kirish mumkin.

O'QING: Instagram endi uch xil lentaga ega!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.