Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Instagram haqida eshitmagan, bilmagan inson bo‘lmasa kerak. Undan foydalanmaydiganlar soni ham unchalik ko‘p emas, lekin u haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? Tarmoqdan foydalanasiz, lekin u haqida o‘zi nimalarni bilasiz? O‘ylanib qoldingizmi? Bu savollarning abrchasiga ushbu postni o‘qib bo‘lib ikkilanmasdan javob bera olasiz. Quyida Instagram haqida 25 ta fakt keltirib o‘tamiz. Qani, ketdik! Aytgancha, ushbu sahifani Instagram'ingizda ulashishni unutmang! Ana endi, ketdik!

Platforma foydalanuvchilari haqida

1. Instagram'da bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi;
2. Foydalanuvchilarning 50,3 foiz -ayollar; 49,7 foiz -erkaklar;
3. Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq.
4. Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;
5. Instagram'dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi;
6. Foydalanuvchilarning 60% i tarmoqdan har kuni foydalanishadi;
7. Tarmoqda eng ko‘p foydalanuvchiga ega davlatlar: AQSh - 121 million, Hindiston - 71 million, Braziliya - 64 million.

Instagram'dan foydalanish

8. Har bir foydaluvchi Instagram'ga kuniga o‘rtacha hisobda 53 daqiqa sarflaydi;
9. Har kuni 500 million foydalanuvchi o‘z akkuntiga hikoya joylaydi;
10. Instagram foydalanuvchilari har kuni 4,2 mlrd postga layk bosadi;11. Instagram foydalanuvchilari tarmoqqa kuniga 100 million post joylaydi;
12. Eslatmali qaydlar 56 % dan ko‘proq e’tiborni jalb qiladi;
13. Kamida bitta hashtag‘li yozuvlar 12,6% ko‘proq reaksiyalarni jalb qiladi.
14. Geobelgili postlar 79% dan ko‘qroq faollikni jalb qiladi;
15. Fotolar videolarga qaraganda 36 % ko‘p layk yig‘adi;16. Instagram'dagi eng ko‘p layk 53 milliondan ortiq “yurak“ to‘plagan tuxum suratiga tegishli.
17. #love - eng mashhur hashtag.
18. Instagram'da eng ko‘p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi).

Instagram biznes uchun

19. Instagram'da brendlar reklamasi boshqa tarmoqlardagidan kamida 10 marta ko‘p;
20. Instagram'da 25 milliondan ko‘p biznes-profillar mavjud.
21. 70% foydalanuvchi Instagram'da brend izlaydi.
22. 80% foydalanuvchi kamida bitta biznes-akkauntga ergashadi;
23. 83 % foydalanuvchilar yangi tovarlar va xizmatlar topishda Instagram'ga murojaat qiladi;.
24. Instagram 80% foydalanuvchiga to‘g‘ri xarid uchun ko‘maklashadi.
25. 30% dan ko‘proq foydalanuvchi xaridini Instagramda mobil telefon orqali amalga oshiradi.

Instagram shiddat bilan o‘sishda va o‘zgarishda davom etmoqda. Mana nima uchun ma’lumotlarni kuzatib borishimiz va trendlarni tezda sinovdan o‘tkazishimiz zarur.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!