Instagram kompyuterdan post e’lon qilish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Instagram kompyuterdan post e’lon qilish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Instagram desktop orqali postlar yaratish va ularni tarmoqqa joylash funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu funksiyani ijtimoiy tarmoq konsultanti Matt Navarra payqab qolgan va skrinshotlarni Twitter'da e’lon qilgan.

O‘QING: «Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi

Foydalanuvchilar desktopda fotolar ularning Yangiliklar Lentasida qanday aks etishini xuddi mobil qurilmalardagi kabi boshqara oladi.

...

Ba’zi foydalanuvchilarda Plus tugmasi paydo bo‘ladi. Bu yerdan hozircha faqatgina postlar e’lon qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Ayni damda storis va roliklarni e’lon qilish imkoni mavjud emas. E’lon qilmoqchi bo‘lgan rasmingizni tanlaganingizdan so‘ng, uni qirqish, filtrlar bilan tahrirlash va boshqa ko‘plab amallarni bajarish mumkin bo‘ladi.

Rasm e’lon qilish uchun tayyor holga kelgach, eng so‘nggi panelda unga izoh, lokatsiya, qo‘shish; odamlarni belgilash hamda boshqa qator ilg‘or sozlamalar, malasan, kommentariyalarni o‘chirib qo‘yish, layk va ko‘rishlar sonini yashirish, ulashish opsiyalarini tanlash imkoni bo‘ladi.

O‘QING: Instagram'da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.