Instagram layklar sonini ko‘rsatmaslik pilot dasturini AQShda sinovdan o‘tkazmoqda

Instagram layklar sonini ko‘rsatmaslik pilot dasturini AQShda sinovdan o‘tkazmoqda

Instagram o‘zining layklar miqdorini yashirish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosati qamrovini tobora kengaytirmoqda. 

Layklar soni post muallifidan tashqari barcha uchun yashirin bo‘ladi. Bu haqda Instagram bosh direktori Adam Mossery San-Fransiskoda o‘tkazilgan Wired25 konferensiyasida ma’lum qildi. Mosserining ta’kidlashicha, bu siyosaytdan ko‘zlangan maqsad platforma foydalanuvchilar bo‘lgan stressni kamaytirish hamda “foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotga va ularni zavqlantiradigan narsalarga ko‘proq imkoniyat berish“dir.

Twitter foydalanuvchilari o‘zlarning siyosiy qarashlari va diniy e’tiqodlari tufayli doimiy ravishda bosimda bo‘lishadi. Instagram dasturining bir qismi bo‘lgan ushbu qadam platformadagi mana shunday salbiy kayfiyatni o‘zgartirish uchun joriy qilinmoqda. 

Layklarni yashirish aprel oyida Kanadada boshlangan edi, ikki oydan so‘ng bu jarayon Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Braziliya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga ham yetib borgan.

Ular joriy qilishmoqda, biz esa qiynalyapmiz

Ushbu yangilikning oraliq natijalari qiziq. Kompaniya va inflyunserlar o‘rtasida aloqa o‘rnatadigan HypeAuditor xizmati Instagram’ning yangi siyosati joriy etilgandan so‘ng mustaqil tijorat sahifalarining layklar soni sezilarli darajada kamayganini aniqladi. 

Shuningdek, sinov o‘tkazilgan davlatlardagi, obunachilar soni 5000 dan 20000 gacha bo‘lgan inflyunserlarda layklar soni 3% dan 15% gacha kamaygan. Birgina Yaponiyada, ommaviy sahifalarga obuna bo‘layotganlar soni 6 foizga tushdi. Sinov paytida layklar sonining eng katta pasayishi Braziliyada yuz berdi, bu yerda obunachilari soni 100 000 dan 1 milliongacha bo‘lgan inflyunserlar o‘z layklarining 28,33% ini yo‘qotishdi. 

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ko‘plab foydalanuvchilar postni haqiqatda yoqtirgani uchun emas, balki undagi “menga yoqdi“lar soniga qarab layk bosadi.

Instagram layklarni yashirish funksiyasini amalda tatbiq qilish-qilmasligi katta-katta sahifalarning qanchalik darajada qiynalishiga bog‘liq. Agar test natijalari Instagram rahbariyatini “ranjitadigan“ bo‘lsa, u holda, ular o‘z resursidagi “zaharli unsurni“ tinchlantirishning boshqa usullari haqida o‘ylashlariga to‘g‘ri keladi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!