Instagram muhim funksiya bilan yangilandi

  •   DiMaX
  •  2487
  •  25.07.2018 09:49

Instagram muhim funksiya bilan yangilandi

Ko‘pchilik yoshlarning sevimli servislaridan biri – Instagram yangi funksiyani joriy etdi. Ya’ni, endi foydalanuvchilardan kimlar ayni paytda onlayn ekanini bilish mumkin.

O‘QING: Instagram’da yangi imkoniyat: endi keraksiz obunachilarni bloklash shartmas!

Endi ushbu ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchining maqomini (onlayn yoki yo‘qligini) bilish juda oson. Buning uchun o‘z obunalaringiz ro‘yxatiga yoki shaxsiy yozishmalarga (Direct) o‘tish lozim. Shu yerda kimning fotosurati yonida yashil rangli indikator yoqiq ko‘rinsa, bu o‘sha kishi ayni paytda onlayn ekanini anglatadi. Kompaniyaning blogida ta’kidlanishicha, mazkur yangi funksiya do‘stlar orasida muloqotni soddalashtirishga xizmat qiladi.

Aytib o‘tish kerakki, dastlabki sozlamalar bo‘yicha ushbu funksiya faol holatda bo‘ladi. Agarda o‘zingizning onlaynlik maqomingizni yashirmoqchi bo‘lsangiz, buni profil sozlamalari orqali amalga oshira olasiz.

Instagram ilovasini yangilash (yoki o‘rnatib olish) uchun Android-gadjetlar egalari mana bu, iOS-devayslar sohiblari esa mana bu havolalar orqali o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Har qanday smartfonda bemalol ishlay oladigan Instagram Lite chiqdi!