Instagram pul berib TikTok’dagilarni yangi servisiga og‘dirib olmoqchi!

  •   DiMaX
  •  782
  •  29.07.2020 13:10

Instagram pul berib TikTok’dagilarni yangi servisiga og‘dirib olmoqchi!

Yaqinda Instagram ijtimoiy tarmog‘i Reels nomli yangi servisni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini rasman tasdiqlagan edi. Bu hozirda o‘ta ommalashib borayotgan TikTok kabi, qisqa video formatidagi kontentga mo‘ljallangan servis bo‘ladi.

O‘QING: Dubayda qo‘lga olingan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar pul va 13 ta lyuks avtomobil chiqdi

Aytish kerakki, Reels hozirda test rejimida ayrim hududlarda ishga tushirilgan. AQShda va yana boshqa bir nechta mamlakatda uni avgust oyida to‘laqonli taqdim etishadi. Instagram allaqachon uni targ‘ib etish ishlarini olib bormoqda va ba’zida... «o‘zgacha» yo‘llar bilan!

The Wall Street Journal jurnalining yozishicha, Instagram vakillari xitoycha ijtimoiy tarmoqdagi ayrim faol blogerlarga pul taklif etishmoqda. Buning evaziga esa ular TikTok’dan voz kechib, Reels servisiga o‘tishlari, unda faol tarzda kontent yaratib, targ‘ib etishlari kerak bo‘ladi.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Yangi platforma million nafardan oshiq obunachisi bo‘lgan ayrim blogerlarga yuz minglab dollar to‘lashni rejalashtirgan. Instagram hozirda Reels test qilinayotgan turli mamlakatlardagi kontentmeykerlar bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Instagram servisining o‘zi Facebook kompaniyasiga qarashli eknligini hisobga olsak, eng yirik ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi bu tashkilot xitoylik raqibi ancha jiddiy ekanligini anglab yetgan. Buning ustiga, TikTok avvalroq aynan AQShlik kontentmeykerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun naq 200 million dollarlik jamg‘arma tashkil etishini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shaxsan Donald Tramp avvalroq koronavirus uchun Xitoyga qarshi qasos sifatida TikTok’ni bloklashini aytgan edi.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!