Instagram reklamalarni ko'paytirmoqda: endi ular profilingizda ham paydo bo'ladi

Instagram reklamalarni ko'paytirmoqda: endi ular profilingizda ham paydo bo'ladi

Meta kompaniyasi o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'ida reklamalar uchun yana yangi joylar ochayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, endilikda reklama beruvchilar o'z reklamalarini ilovaning "Explore" sahifasiga ham joylashlari mumkin. Explore sahifasida siz allaqachondan beri reklama ko'rasiz, lekin bunda reklamalar qachonki siz o'sha sahifadagi postlarning biriga o'tganingizda va lentani aylantirayotganingizda chiqar edi. Bu safar esa reklamalar Explore sahifasiga o'tishingiz bilan postlar orasida to'g'ridan-to'g'ri paydo bo'ladi.

Nafaqat Explore sahifasi, balki kompaniya sizning profil lentangizga ham reklama joylashtirishni rejalashtirmoqda: endi agar kimdir sizning profil lentangizni ko'rayotgan bo'lsa, ular postlaringiz orasida reklamalarni ham ko'rishlari mumkin. Shuningdek, Instagram'ning TechCrunch'ga ma'lum qilishicha, kontent yaratuvchilari o'zlarining profillarida ko'rsatilgan reklamalardan qo'shimcha daromad olishlari ham mumkin bo'ladi (bu hozircha AQSh hududidagi tanlangan ijodkorlar uchun).

Qo'shimchasiga Meta o'zining Facebook va Instagram ilovalaridagi Reels videolari orasiga yangi reklama turini ham sinovdan o'tkazmoqda. Reels videosidan keyin 4 va 10 soniyagacha davom etadigan ushbu qisqa videoli reklamalarni, hayriyatki, o'tkazib yuborishingiz mumkin bo'ladi.

O'QING: Bu safar rostdan: Ilon Mask Twitter'ni sotib oladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!