Instagram sizdagi muhim fazilatni «o‘ldiradi»!

  •   DiMaX
  •  3462
  •  11.11.2019 10:44

Instagram sizdagi muhim fazilatni «o‘ldiradi»!

Ijtimoiy tarmoqlar davrida ulardan har birining o‘ziga yarasha o‘rni, funksiyalari, o‘ziga xosliklari, yutuq va kamchiliklari mavjud. Instagram asosan suratlar va qisqa videolavhalar ulashiladigan platforma, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashgan.

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Oliver KMIA nikli foydalanuvchi o‘zining Rim shahriga qilgan sayohatidan so‘ng qiziq bir narsani payqab qolgan va bu haqda videolavha tayyorlagan. Har xil Instagram-akkauntlardan olingan rasmlar asosida ishlangan ushbu rolik mazkur tarmoqda aksariyat bir xil rasm va videolar ulashayotganini ko‘rsatgan.

«Shahar bo‘ylab kezayotgan olomonni ko‘rib men hayratda qoldim. O‘zim ham ulardan biri edim – yaxshiroq ham, yomonroq ham emas. Barcha sayyohlar kabi, shu yerga yetib olish, diqqatga sazovor obidalar bo‘ylab aylanib chiqish va otelda qolish uchun men shuncha yoqilg‘i sarflab keldim. Keyin esa, bir necha oy avval ko‘rganim – rassom Hiérophante tayyorlagan videolavha esimga tushdi. O‘zim ham xuddi shunday kinoya ruhidagi, ommaviy turizmdagi bir xillikni aks ettiruvchi lavha tayyorlashga qaror qildim», – deydi Oliver.

Guvohi bo‘layotganingizdek, videolavha turli mamlakatlar fuqarolarining xorijga chiqish pasportlari aks etgan suratlardan boshlanadi. Keyin samolyotning qanoti rasmlariga navbat keladi. So‘ng esa aynan bir xil rakursdan olingan, kishilar ayni bir xil holatlarda tushgan, o‘sha-o‘sha filtrlarda sayqallangan rasmlarning ulkan ketma-ketligini ko‘ramiz. Toj-Mahal, Eyfel minorasi, Machu-Pikchu va boshqalari – barchasida tushilgan bir xil rasmlar Instagram bo‘ylab kezib, layk to‘plab yuribdi. Shuningdek, sayohatchining «portfolio»sida albatta taom suratlari, ko‘zgu oldidagi selfi ham mavjud.

Mazkur videoni tayyorlab ulashishdan Oliver ko‘zlagan maqsad – Instagram kishilardagi ijodkorlikni, kreativlikni, originallikni mahv etayotganini ko‘rsatishdir. Barcha sayyohlar kabi bir xil rasmlarga tushib ulashish – o‘sha olomonga ergashish bilan barobar, deydi u. Undan ko‘ra original g‘oyalar bilan, boshqalarga o‘xshamaydigan tarzda suratlar va selfilar olish kishining o‘zi uchun ham, akkauntini kuzatuvchilar uchun ham yaxshi.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!