Instagram sizning suratlaringizni boshqalar foydalanishi uchun berib yubormoqda

Instagram sizning suratlaringizni boshqalar foydalanishi uchun berib yubormoqda

Meta kompaniyasining Instagram ijtimoiy tarmog'i kelayotgan haftalarda platformadagi ommaviy akkaunt suratlarini remiks qilish imkonini beradigan funksiyasini ishga tushirayotganligini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, toki sizning akkauntingiz ommaviy holatda ekan, istalgan odam profilingizdagi suratlaringizdan o'zining Reels videolari uchun foydalanishi mumkin bo'ladi.

Foto: Meta

Suratlarni remiks qilish bilan Reels (Instagram'ning TikTok'ga o'xshagan video xizmati) videolarini yaratish funksiyasi ijodkorlarga istalgan platformadagi istalgan ommaviy profildan, masalan fotograflarning profillaridan suratlarni olish va ulardan xuddi o'zlarinikidek foydalanishlarini imkoniyatini yaratadi. Albatta, bu surat egalariga yoqmasligi aniq.

Funksiya sukut bo'yicha yoqilgan bo'ladi, shunday ekan boshqalar videolarida o'z suratlaringizni ko'rishni istamasangiz, ushbu xususiyat chiqarilganidan keyin uni darhol o'chirib qo'yishingiz kerak. Ta'kidlash joizki, funksiya ishga tushirilgunga qadar joylangan postlar bundan mustasno, lekin siz istalgan postingizni uni yoqishingiz mumkin.

O'QING: MIUI 13.5 emas, MIUI 14!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.