Instagram Story'sida muhim yangilanish

Instagram Story'sida muhim yangilanish

Instagram foydalanuvchilarga Story uchun uzoqroq videolarni bo'laklarga bo'lmasdan joylash imkonini tarqatmoqda, bu haqida ijtimoiy tarmoq tomonidan tasdiqlangan xabarga asoslanib TechCrunch xabar bermoqda. Endi agar Story'ga 60 soniyadan kamroq uzunlikdagi video joylaganingizda u segmentlarga bo'linib ketmaydi. Kompaniya ushbu xususiyatni o'tgan yil oxirida sinashni boshlagan edi. Hozirda u dunyo bo'ylab barcha foydalanuvchilarga tarqatilmoqda.

"Biz har doim Story'lar tajribasini yaxshilash yo'llari ustida ishlaymiz. Endi siz avtomatik ravishda 15 soniya kesilgan kliplar o'rniga, 60 soniyagacha bo'lgan Story'larni ko'rishingiz va yaratishingiz mumkin bo'ladi." deydi Meta vakili.

Yangi o'zgarish ilova uchun yaxshi qo'shimcha bo'lib, bu ham kuzatuvchilar, ham foydalanuvchilar uchun foydalidir. Aytish mumkinki, endi foydalanuvchilar uzoqroq vaqtli videolarni Story'ga bo'linmagan holda joylashlari, ko'ruvchilar esa uzun videolarni ko'rishni xohlashmaganida ularni ortiq bir necha marta bosib o'tirishmaydi. Lekin shuni ham aytish kerakki, qisqa videolar ixlosmandlari uchun bu yoqmaydigan o'zgarish bo'lishi mumkin.

O'QING: Windows 12 chiqarilishini yaqin kunlarda kutib ovora bo‘lmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.