Krishtianu Ronaldu Instagram tarixida yarim milliard obunachi yig'gan birinchi odam bo'ldi

Krishtianu Ronaldu Instagram tarixida yarim milliard obunachi yig'gan birinchi odam bo'ldi

Krishtianu Ronalduning rasmiy Instagram sahifasidagi obunachilari soni 500 milliondan oshdi. Portugaliyalik taniqli futbolchi ushbu ijtimoiy tarmoq tarixida bunday natijaga erishgan ilk shaxs bo'ldi va u endi obunachilar soni bo'yicha Instagram'ni o'zining rasmiy sahifasi (569 million) ortidan quvmoqda.

Aytish kerakki, Ronalduning Instagram'dagi obunachilari soni shu yilning fevral oyida 400 milliondan oshgandi. O'tgan yilning iyun oyida esa ushbu ko'rsatgich 300 million edi. Shular birga birgalikda, Instagram'da 200 million obunachilar yig'gan birinchi odam ham Ronaldu edi.

Instagram'da obunachilar soni bo'yicha, Ronaldudan keyingi o'rinda uning eng ashaddiy raqibi, Lionel Messi 376 million obunachilar bilan turadi. Navbatdagi o'rinlar esa Kayli Jenner (372 million), Selena Gomez (357 million) va The Rock yoxud Dueyn Jonson (348 million) tomonidan band qilingan.

O'QING: Fragment auksionida yana bir Telegram foydalanuvchi nomi rekord narxda sotildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!