Instagram uchun suratlarni sayqallaymiz

  •   DiMaX
  •  1450
  •  14.02.2017 16:07

Instagram uchun suratlarni sayqallaymiz

Ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yiladigan fotosuratlaringizni yuqori darajada qayta ishlash uchun sizga ozroq fantaziya va sifatli fotomuharrir ilovalar kerak bo‘ladi. Xususan, asosan suratlar va qisqa videolavhalar e’lon qilinadigan Instagram ishqibozlari uchun pro-smm.com sayti tavsiya etgan quyidagi bepul dasturlar juda ma’qul kelishi aniq.

Prisma

Instagramm ishqibozlari bu ilovani yaxshi bilishadi. Uning yordamida siz o‘z fotosuratlaringizni yanada yorqinroq qilishingiz mumkin. Dastur orqali rasmga badiiy filtrlar va maxsus fotoeffektlar qo‘llash imkoni mavjud.

iOS / Android uchun yuklab olish

Perfect365

Selfini sevuvchilar uchun ushbu ilova juda yaxshi topilma – unda fotosuratni retush qilish va virtual makiyaj qo‘shish mumkin. Aytishlaricha, hatto Kim Kardashian ham shundan foydalanar emish!

 

Asosiy imkoniyatlari:

  • teridagi nuqsonlarni va ko‘z ostidagi «xaltacha»larni yo‘q qilish;
  • oppoq tishli tabassum;
  • ko‘z va soch rangini o‘zgartirish;
  • yuz tuzilishini o‘zgartirish;
  • makiyaj qo‘shish va boshqalar.

iOS / Android uchun yuklab olish

Snapseed

Bunisi – fotosuratlarni smartfon yoki planshetda tahrirlash uchun naq Gugl tomonidan yaratilgan kuchli ilova. Uning funksiya va imkoniyatlarini sanab bu yerga sig‘dirish qiyin, shu bois ham ular bilan ilovaning sahifasida tanishib chiqqaningiz ma’qul.

Lekin qisqacha tarzda eng keraklilarini sanab o‘tsak, unda: fotorasmlarni to‘g‘rilash, qirqish, burish, kesish uchun kerakli hamma narsalar; filtrlar, rasm ustiga matn joylash va boshqa ko‘plab imkoniyatlar bor. Google Play bisotida fotosuratlarni tahrirlashga mo‘ljallangan bundan yaxshi dasturning o‘zi yo‘q.

iOS / Android uchun yuklab olish

Vinci

Mazkur yangi ilova mashhur Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i tomonidan ishlab chiqilgan. Vinci yordamida siz o‘z suratlaringizga go‘zal art-effektlar qo‘shishingiz mumkin. Bu esa ularni yanada qiziqarliroq va originalroq qiladi.

iOS / Android uchun yuklab olish

MOLDIV™

MOLDIV – insta-fotograf uchun kerak bo‘ladigan barcha imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan universal fotomuharrirdir. U yangi o‘rganuvchilardan tortib fotografiya ustalarigacha barchaga mos keladi.

 

Asosiy imkoniyatlari:

  • Fotomuharrir: 12 ta mavzudagi 180 ta filtr;
  • Rasmga matn (300 dan oshiq shrift), 560 ta nakleyka va 92 ta fon bezagi qo‘shish;
  • Kollajlar: bitta gardish ichiga 16 tagacha fotosuratlarni joylashtirish, 310 ta o‘ziga xos gardish;
  • Jurnal: posterlar va albomlar uchun jurnal kollajlari yaratish, 135 ta jurnal maketi;
  • Pro Kamera: real vaqt rejimidagi filtrlar, seriyali suratga olish, kameraning qo‘shimcha funksiyalari;
  • Selfi uchun muharrir: terini tekislash, yuz oval shaklini o‘zgartirish, ko‘zlarni kattalashtirish.

iOS / Android uchun yuklab olish

Qani, fotosuratlarni ajoyib ilovalar yordamida yanada ko‘rkamroq qilishga kirishamizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!