Instagram'da 3D avatar yaratish va undan foydalanish

Instagram'da 3D avatar yaratish va undan foydalanish

Shu yilning yanvar oyi o‘rtalarida Instagram'da 3D avatar yaratish paydo bo‘ldi va aynan o‘sha oy oxirida ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi bosh kompaniya - Meta Instagram va o‘zining boshqa ilovalari uchun 3D avatar funksiyasini rasman Amerika, Kanada va Meksikada ishga tushirganligini ma’lum qildi. Xo‘sh, o‘zingizning 3D avataringizni qanday yaratishingiz mumkin? Bu juda oson.

Eng avvalo Instagram ilovangiz so‘nggi versiyada ekanligiga ishonch hosil qiling va ilovaga kiring. Profil sahifangizga o‘tib, Settings (Настройки) bo‘limiga kiring. U yerdan Account (Аккаунт), keyin esa Avatars (Аватары) tugmalarini bosing. Sizga avatar yaratish sahifasi ochiladi. Get Started (Начать) tugmasini bosing va o‘z ijodkorlingizni ishga solib, o‘z avataringizni yarating. U yerda siz qahramoningiz tana ranggi, soch turmaklari, ko‘z, qosh, burun, og‘iz, quloq ko‘rinishlarini, kiyimini va qo‘shimcha aksessuarlarini ta’bingizga ko‘ra tanlashingiz mumkin.

Qahramoningizni yaratib bo‘lganingizdan keyin Done (Готово) tugmasini, keyingi chiqqan kichik oynada SAVE CHANGES (СОХРАНИТЬ ИЗМЕНЕНИЯ), keyin esa Next (Далее) tugmalarini bosing. Ana endi siz o‘z Instagram avataringizga egasiz. Siz o‘z avataringizni hozircha o‘z profilingizga qo‘yib olishingiz mumkin.

Buning uchun profil sahifangizga o‘tib, Edit Profile (Редактировать профиль) tugmasini, keyingi sahifada Change Profile Photo (Изменить фото профиля) tugmasini, keyin esa Use Avatar (Использовать аватар) tugmasini bosing. Avataringiz va uning orqa foni profil suratda qanday ko‘rinishini tanlab, o‘ng yuqori burchakdagi saqlash tugmasini bosing.

Shuningdek, o‘z avataringizdan siz suhbatlaringizda va Stories'laringizda stiker o‘rnida ishlatishingiz yoki video qo‘ng‘iroqlar vaqtida yoki metaolamda foydanalanishingiz mumkin bo‘ladi, lekin funksiya Instagram'da hali to‘liq ishga tushirilmagan va sinov jarayonida. Shunday ekan undan hozircha to‘liq foydalanib bo‘lmaydi.

O‘QING: Telegram "kuchaydi uje"!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.