Instagram’da aktyor, xonanda yoki model emas, balki FUTBOLChI ilk bor 300 million obunachi to‘pladi!

  •   DiMaX
  •  1167
  •  19.06.2021 16:31

Instagram’da aktyor, xonanda yoki model emas, balki FUTBOLChI ilk bor 300 million obunachi to‘pladi!

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida rekord o‘rnatib, 250 million obunachiga ega bo‘lgan ilk inson Krishtianu Ronaldu edi. Portugaliya termasi va «Yuventus» jamoasi hujumchisi endi o‘z rekordini yangiladi – 300 million!

O‘QING: Ronaldu rekordidan so‘ng Pele o‘z Instagram’ida gollari sonini oshirib qo‘ydi

Aytish kerakki, Ronaldu mazkur tarmoqda shuncha obunachi to‘play olgan birinchi insondir. Obunachisi unikidan ham ko‘p bo‘lgan akkauntlar esa odamlarga emas, balki turli kompaniyalar va brendlarga tegishli.

Futbolchilar orasidan «PSJ» yulduzi Neymar hozirgacha bu tarmoqda 152 million, Lionel Messi esa – 219 million obunachi to‘plagan.

Instagram tarmog‘ida obunachilar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga eng yaqin inson – «Qoya» laqabli aktyor Dueyn Jonson bo‘lib, uni 246 million kishi kuzatadi. Amerikalik xonanda Ariana Grande obunachilari 244 milliondan ziyod bo‘lsa, model Kayli Jenner kuzatuvchilari 241 million nafardan oshgan.

O‘QING: «Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!