Instagram'da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing
Ushbu ro‘yxat Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan 20 ta akkauntni qamrab oladi. Ma’lumotlar 2020-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.
243 milliondan ortiq kuzatuvchilari bilan ro‘yxatimizning yuqori pog‘onasini portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu band etayotgan bo‘lsa, 207 million kuzatuvchiga ega amerikalik ayol xonanda Ariana Grande ro‘yxatimizning ikkinchi o‘rnini band qilib turibdi.
View this post on Instagram
Instagram'ning o‘z brend akkaunti ham bo‘lib, unga 378 milliondan ortiq kuzatuvchi ergashadi. Bu akkaunt tarmoqda eng ko‘p folloverlarga ega. National Geographic esa 146 milliondan ortiq kuzatuvchilarga ega bo‘lgan ikkinchi brend akkaunt hisoblanadi. Tarmoqda 100 milliondan ortiq folloverga ega akkauntlar soni jami 22 tani tashkil qiladi.
View this post on Instagram
Quyidagi ro‘yxatda 2020-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p folloverga ega bo‘lgan 20 ta akkaunt hamda akkaunt foydalanuvchisining kasb-faoliyati berilgan.
Akkaunt egasi va reytingi | Foydalanuvchi nomi | Folloverlar soni (mln) | Faoliyat turi |
1. Instagram | 378 |
Ijtimoiy tarmoq platformasi |
|
2. Krishtianu Ronaldu | @cristiano | 243 | Futbolchi |
3. Ariana Grande | @arianagrande | 207 | Musiqachi, aktrisa |
4. Dueyn Jonson | @therock | 204 | Aktyor va professional kurashchi |
5. Kayli Jenner | @kyliejenner | 201 | Teleyulduz, model, biznes-ledi |
6. Selena Gomes | @selenagomez | 195 | Musiqachi, aktrisa, biznes-ledi |
7. Kim Kardashyan | @kimkardashian | 192 | Teleyulduz, model, biznes-ledi |
8. Lionel Messi | @leomessi | 169 |
Futbolchi |
9. Beyonse | @beyonce | 156 | Musiqachi |
10. Jastin Biber | @justinbieber | 151 | Musiqachi |
11. National Geographic | @natgeo | 146 | Jurnal |
12. Neymar | @neymarjr | 143 | Futbolchi |
13. Kendall Jenner | @kendalljenner | 142 | Teleyulduz, model |
14. Teylor Svift | @taylorswift | 140 | Musiqachi |
15. Jennifer Lopez | @jlo | 133 | Musiqachi, aktrisa |
16. Niki Minaj | @nickiminaj | 124 |
Musiqachi |
17. Xloya Kardashyan | @khloekardashian | 123 | Teleyulduz, biznes-ledi |
18. Nike | @nike | 122 | Sport tovarlari kompaniyasi |
19. Mayli Sayrus | @mileycyrus | 116 | Musiqachi, aktrisa |
20. Keti Perri | @katyperry | 108 | Musiqachi |
O‘QING: Instagram tarixida eng ko‘p layk to‘plagan postlar top 20 taligi bilan tanishing