Instagram'da postlarni profilga qadash

Instagram'da postlarni profilga qadash

Ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni, postlarni pin qilish, ya'ni sahifaning yuqorisiga qadab qo'yish uning e'tiborga olinishini oshiradi. Hozirda TikTok, Twitter ijtimoiy tarmoqlari va Telegram kabi messenejerlarda bor bo'lgan bunday xususiyat endi Instagram'ga ham qo'shildi.

Ha, endi Instagram sahifangizning panjarali lentasi eng yuqorisiga siz uchtagacha postingizni qadab qo'yishingiz mumkin. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun shunchaki biron postingizni tanlashingiz va undagi uchtani nuqtani bosib, ochilgan kontekst menyudan "Pin to your profile" (profilingizga qadash) tugmasini bosishingiz kerak. Shundan so'ng profilingizga qaytsangiz, qadalgan postni panjarali lentangizning yuqori chap tomonida ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Agar siz yana bir postni pin qilmoqchi bo'lsangiz avvalgi qadalgan post o'ng tomonga suriladi.

Funksiya Instagram ilovasining eng so'nggi versiyada chiqadi, shunday ekan ilovangizni yangilab olishingiz tavsiya qilinadi.

O'QING: Telegram Premium obunasi narxi ma’lum bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.