Instagram'da pul topishning yangicha yo‘li paydo bo‘ldi

Instagram'da pul topishning yangicha yo‘li paydo bo‘ldi

Instagram rahbari Adam Mosseri kontent yaratuvchilari uchun yangi xususiyat ishga tushirilganligini e’lon qildi. Ushbu funksiya ijodkorlarga o‘zlarining 0.99 dollardan 99 dollargacha bo‘lgan narxdagi pullik obunalarini yaratish imkonini beradi. Pullik obuna egalari esa instablogerning eksklyuziv Stories, jonli efir va postlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Mosserining aytishicha, eksklyuziv postlar joylash xususiyati ijodkorlar tomonidan eng ko‘p talab qilingani bo‘lgan.

Pullik obuna egalari ijodkor sahifasidan unga obuna bo‘lishlari mumkin va u yerdagi "subscriber home" yorlig‘i orqali faqat eksklyuziv postlarni saralab olsalar bo‘ladi. Oddiy obunachilar esa eksklyuziv postlarni kontent yaratuvchining obunasiga pul to‘lamagunlariga qadar ko‘ra olishmaydi.

Ijodkorlar o‘zlarining pullik obunachilarini ularning ismi yonidagi binafsharang tojli belgi orqali tanib olishlari mumkin. Eksklyuziv Stories, Live va postlardan tashqari blogerlarga pullik obunachilar bilan 30 kishilik guruh chati ochish imkoniyati ham yaratilgan.

O‘QING: Windows 12 qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!