Instagram'da yangilanish. Yangi funksiyalardan endi siz ham foydalana olasiz

Instagram'da yangilanish. Yangi funksiyalardan endi siz ham foydalana olasiz

Bugun Instagram o‘z ilovasiga yangilanish kiritganini ma’lum qildi. Yangilanishdan so‘ng Reels va Do‘kon funksiyalari foydalanuvchiga qulay o‘ringa ko‘chgan. Kompaniya buni «katta o‘zgarish» deb atamoqda.

Ilovani yangilaganingizdan so‘ng, Reels va Do‘kon tugmalari uy ekrani markaziga, navigatsiya satriga ko‘chadi. Post va Layklar tugmalari esa yuqori o‘ng burchakka, Facebook Messenger Direct xabarlar tugmasi yoniga ko‘chiriladi.

Reels — kompaniyaning TikTok'ka javobi. Bu Instagram tarkibidagi sub-platforma bo‘lib, foydalanuvchiga qisqa vertikal videolar yaratish imkonini beradi. Video yozish tugmasi ham TikTok'dagi tugma bilan bir xil.

Aslida, Reels va Do‘kon yangi funksiyalar emas. Ushbu yangilanishdan oldin Do‘kon va IGTV tugmalarini qidiruv bo‘limidan topish mumkin edi. Reels ham shu yerda edi.

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!