Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  12723
  •  20.11.2019 11:27

Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Suratlar va qisqa lavhalar ijtimoiy tarmog‘i – Instagram foydalanuvchining akkauntini begona ko‘zlardan himoyalashga imkon beradi. Bunda o‘zingiz ruxsat bermagan kishilar faqat ismingiz, bosh suratingiz va o‘zingiz haqingizdagi qisqa ma’lumotlarni, shuningdek postlar va obunachilar soninigina ko‘rsatadi. Profilingizdagi suratlar va roliklar, «tarix»lar ularga ko‘rinmaydi.

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Lekin shunisi ham borki, API (application programming interface – ilovaning dasturiy interfeysi) orqali boshqa servislar Instagram maxfiy ma’lumotlariga kira olishar va boshqalarga tarqatishlari ham mumkin ekan. Shulardan biri – Ghosty ilovasi joriy yilning aprelida Google Play katalogiga chiqarilgan edi. Yaqin kunlargacha uni yarim milliondan oshiq marta o‘rnatib olishgan, lekin...

Ghosty dasturini smartfoningizga o‘rnatib olsangiz, Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz. Uning ishlash tartibi esa quyidagicha:

Foydalanish uchun siz Ghosty’ga o‘zingizning Instagram’dagi login va parolingizni taqdim etishingiz (e’tibor bering!) kerak bo‘ladi. Keyin u sizning profilingizdagi, siz obuna bo‘lgan kishilarning profillaridagi va ular obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning profillaridagi barcha ma’lumotlarni o‘z bazasiga nusxalab oladi. So‘ng siz yana bir foydalanuvchini Ghosty’ga taklif etasiz va o‘sha kishi mazkur ilovaga o‘z Instagram-akkaunti ma’lumotlarini (xuddi sizdek) taqdim etishi lozim. Shundan keyingina siz o‘zingiz uchun yopiq bo‘lgan begona Instagram-profilga kira olasiz, lekin shu shart bilanki, o‘sha profil siz obuna bo‘lgan kishilardan birortasi uchun ochiq bo‘lishi kerak.

Boshqacha qilib aytganda, Ghosty shunchaki Instagram’dagi barcha kontentni o‘z keshiga nusxalab oladi va original servisning o‘zida mavjud bo‘lgan maxfiylik sozlamalaridagi cheklovni qo‘llamaydi.

O‘QING: Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

O‘zingiz ham anglaganingizdek, bunaqa usulda profillarga kirish Instagram maxfiylik siyosatiga zid keladi. Shuning uchun ham mazkur servisga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi yaqinda Google’ga murojat etib, Ghosty ilovasini Play Market’dan o‘chirtirib tashladi.

Shunga qaramasdan, mazkur dastur Android-ilovalarning APK-fayllarini taklif etuvchi ko‘plab resurslarda saqlanib qolgan. Masalan, mana bu havola orqali Ghosty’ni yuklab olib, mustaqil tarzda o‘rnatishingiz mumkin. Ammo bunda nafaqat boshqalarning, balki o‘zingizning akkauntingiz maxfiyligi ham buzilishini yodda tutishingiz lozim.

G‘alati tomoni shundaki, Facebook ham, Google ham uzoq vaqtgacha Ghosty ilovasiga hech e’tibor bermay kelishgan. Bu orada mazkur servis Instagram foydalanuvchilari ma’lumotlarining ulkan bazasini nusxalab olib ulgurgan.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!