Instagram'dan "Xarid qilish" bo'limi olib tashlanadi

Instagram'dan

Navbatdagi yangilanish bilan Instagram'ning navigatsiya panelidan "Shopping" ya'ni "Xarid qilish" bo'limi olib tashlanmoqda. Bu haqida kompaniya rahbari o'zining rasmiy sahifasida xabar berdi. Bunda hozirgi Reels o'rni o'ngga suriladi, markazga esa Post yaratish tugmasi qaytariladi. Shunday qilib yangi navigatsiya panelida (chapdan o'ngga qarab) Bosh sahifa, Qidirish, Post yaratish, Reels va Profil bo'limlari joylashgan bo'ladi.

Albatta, bu bilan Instagram'ning xarid qilish xususiyati butunlay yo'qolib ketmaydi. Instagram rahbarining so'zlariga ko'ra foydalanuvchilar lentada yoki Story'larda yoki Reels orasida xaridlarni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. Yangilanish fevral oyidan boshlab tarqatiladi.

O'QING: 2023-yilda ommabop bo‘lishi kutilayotgan smartfon tez orada taqdim etiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!