Instagram’ga endi WhatsApp orqali kirish mumkin bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  770
  •  25.05.2021 17:00

Instagram’ga endi WhatsApp orqali kirish mumkin bo‘ladi

Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘idan tashqari, o‘ta ommalashgan WhatsApp va Instagram servislariga egalik qiladi. Kompaniya ushbu servislarni qisman bog‘lashga qaror qildi, deb yozmoqda Xabar.uz

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Ya’ni, kompaniya virtual fotogalereyada messenjerni ikki bosqichli autentifikatsiya vositasi sifatida qo‘llamoqchi.

Shu paytgacha Instagram’ga kirish SMS orqali kod yoki Google Authenticator kabi ilovalar yordamida himoyalangan edi. Biroq Facebook tez orada yangi usul —WhatsApp orqali kirish imkonini taqdim etadi.

Ushbu yangilik Android va iOS uchun tabiq etilishi ma’lum, biroq qachon — hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Mark Sukerberg o‘zining kompaniyasiga qarashli Messenger yoki WhatsApp emas, balki ularga raqobatchi – Signal messenjerini ishlatishi fosh bo‘lgan edi.

O‘QING: TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!