Instagram'ga ko'pchilik kutgan funksiya qo'shilyapti

Instagram'ga ko'pchilik kutgan funksiya qo'shilyapti

Instagram ko'p funksiyalarga ega ijtimoiy tarmoq. Siz unda do'stlaringiz post qilgan suratlar va videolarni ko'rishingiz mumkin, lekin ularning profil suratlari esa xuddi "boshqa planetada joylashgan"ga o'xshaydi va bu uncha e'tiborlik bo'lmasa ham, biz tuzatilishini xohlaydigan kichik detallardan biridir.

Ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha insayd ma'lumotlar tarqatuvchi Alessandro Paluzzi o'z Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, Instagram endilikda foydalanuvchilarning profil suratini ko'rishni osonlashtiradigan xususiyat ustida ishlamoqda. Bunda yangi funksiya foydalanuvchining profil surati ustiga bosish bilan uni kattalashtirish imkonini beradi.

Hozirda Instagram foydalanuvchilar biron kimning profil suratini ko'rish uchun qo'shimcha platformalardan foydalanadilar va bu maxfiylik uchun biroz xavf tug'dirishi mumkin. Biroq qachon chiqarilishi noma'lum bo'lgan yangi funksiya bilan biz ilovadan chiqmasdan turib boshqalarning profillarini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

O'QING: Telegram Premium reaksiyalari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!