Instagram'ga Story'ga o'xshash yangi xususiyat qo'shilmoqda

Instagram'ga Story'ga o'xshash yangi xususiyat qo'shilmoqda

XDA nashrining xabar berishicha (The Verge orqali), Instagram obunachilaringizga xat qoldirish imkonini beradigan "Izohlar" funksiyasi ustida ishlamoqda. U Xabarlar bo'limida, qidiruv paneli ostida, obunachingiz profili ustida matn qutisi ko'rinishida joylashgan va uning ichida "Xayolingizdagi narsalar bilan ulashing..." taklif matni yozilgan bo'ladi.

Ma'lum bo'lishicha, siz o'z obunachilaringizga 60 belgigacha bo'lgan qisqa xabarlar yozib qoldirishingiz mumkin bo'ladi va bunda obunachilar sizning xabar qoldirganligingiz haqida ogohlantirilmaydi. Ular sizning xabaringizni xuddi Story'lardek 24 soat ichida ko'rishlari va ularga javob qaytarishlari mumkin bo'ladi.

Avvalroq Instagram matbuot kotibi: "Biz har doim Instagram'da yaxshiroq aloqa qilishingizga yordam beradigan yo'llar ustida ishlaymiz. Biz hozirda odamlar o'zlarining fiklarini tezkor ulashish imkonini beradigan "Izohlar" funksiyasini boshlanishiga kam sonli odamlar bilan sinovdan o'tkazyapmiz", - degan edi TechCrunch nashriga.

Xabarlarga ko'ra, Instagram bu funksiyani ustida iyun oyidan beri ishlab kelmoqda va u tez orada barcha uchun chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Meta vakili O‘zbekistonda Facebook va Instagram'ning qancha faol foydalanuvchisi borligini ma'lum qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!