Instagram'ga yangi funksiya qo‘shiladi

Instagram'ga yangi funksiya qo‘shiladi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun “Tanaffus qiling“ nomli yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri xabar berdi. 

Ushbu funksiya foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqqa qaram bo‘lib qolishlarini oldini oladi, ya’ni agar foydalanuvchi uzoq vaqt mobaynida Instagram'dan foydalansa, ilova foydalanuvchilarni tanaffus qilishlari kerakligini eslatib boradi. 

Ushbu funksiya yoqilgandan so‘ng, u 10, 20, 30 daqiqa ichida foydalanuvchiga tanaffus qilishi kerakligini eslatadi. 

Kompaniya rahbarining aytishicha, ushbu funksiya foydalanuvchilarga o‘z vaqtlarini nazorat qilishlariga ko‘maklashadi. Shuningdek, u kelajakda shunga o‘shash funksiyalar ishlab chiqarilishini aytib o‘tdi. 

Instagram «Tanaffus qiling» funksiyasini ishlab chiqish uchun uchinchi tomon mutaxassislari bilan ishladi. Agar test jarayoni muammosiz o‘tsa, kompaniya ushbu funksiyani dekabr oyida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. 

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?