Instagram'ga yangi funksiyalar qo‘shilmoqda

Instagram'ga yangi funksiyalar qo‘shilmoqda

Kecha, 8-fevral, Xavfsiz Internet kunida Instagram o‘z foydalanuvchilariga qanday qilib akkauntlarini himoyalash to‘g‘risida ma’lumot berdi va platforma uchun kelayotgan yangiliklar haqida xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Instagram akkauntiga kirish huquqini yo‘qotgan odamlar uchun yangi do‘stdan yordam so‘rash xususiyatini sinashni boshlagan. Bunda foydalanuvchi o‘z do‘stlari biridan shaxsini tasdiqlashini, akkauntiga qayta kirishini so‘rashi mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, o‘tgan yili dekabrda Instagram o‘z foydalanuvchilari faoliyatini bir joyda ko‘rish va ularni boshqarish funksiyasini sinashni boshlaganini e’lon qilgan edi. "Your activity" nomli bu xususiyat endi barcha uchun tarqatila boshlagan.

Bu yordamida siz bir necha yil avvalgi postlaringizni, layklaringiz, kommentlaringiz va istoriyalaringizni qisqa vaqt ichida topishingiz va o‘chirishingiz mumkin bo‘ladi. 

Ushbu funksiyadan foydalanish uchun Instagram ilovangizni oxirgi versiyaga yangilang va uni o‘ng yuqori burchakdagi menyuga bosib topishingiz mumkin bo‘ladi. 

O‘QING: Yevropa davlatlari vazirlari Meta'ning tahdidiga javob qaytarishdi!