Intel Core i9 vs Apple M1 Max — qay biri kuchliroq?

Intel Core i9 vs Apple M1 Max — qay biri kuchliroq?

Intel'ning 12-avlod “Alder Lake-H“ mobil protsessorlari yuqori tezlikni taklif qiladi, ammo Apple M1 Max ham tezlik hamda unumdorlik bo‘yicha Intel'dan qolishmaydi. Xo‘sh qaysi chipset kuchliroq? 

O‘QING: Yangi iPhone SE 2022 smartfonidan nimalar kutilmoqda?

Mac hamda shaxsiy kompyuterlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib bormoqda. Intel 12-avlod protsessorining noutbuklar uchun ham taqdim etilishi hamda M1 chiplarining yaratilishi ushbu raqobatni yanada keskinlashtirib yubordi. 

Bir necha yil oldin Apple 2022 yil oxirigacha Intel protsessorlarini butun Mac qurilmalaridan chiqarib tashlashini e’lon qilib, Intel'ga katta zarba berdi. Hozirda Apple o‘z yo‘lidan izchillik bilan ketmoqda. Ortda qolgan davrda kompaniya MacBook Air hamda Mac mini qurilmalarini M1 chipi bilan, 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellarini esa M1 Pro hamda M1 Max chiplari bilan jihozladi. 

O‘tgan oyda esa Intel kompaniyasi noutbuklar uchun mo‘ljallangan o‘zining 12 avlod Core i9-12900HK protsessorini taqdim etdi. 

M1 Max ham, Intel Core i9 ham murakkab chip arxitekturasiga ega bo‘lganligi sabab, ularni bir-biri bilan taqqoslash qiyin bo‘ladi. 

Ikki kompaniya turli terminologiya va biroz boshqacha texnologiyalardan foydalansa-da, ularning ayrim qismlarini taqqoslash mumkin. Ikkala protsessor ham DDR4 va DDR5 kabi xotira formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va yuqori unumdorlikdagi vazifalarni bajara oladi. 

M1 Max chipi faqat Apple kompaniyasining eng so‘nggi MacBook Pro noutbuklarida opsiya sifatida mavjud, ushbu noutbuklar standartlashtirilgan portlar va funksiyalar to‘plamiga ega. Boshqa tomondan, Intel'ning 12-avlod Alder Lake protsessorini turli xil kompaniyalarning noutbuklarida uchratish mumkin. Intel, Apple'dan farqli o‘laroq, ko‘proq funksiya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Intel'ning yangi protsessori Wi-Fi 6, PCI Express 4.0 va 5.0 hamda DDR5, LPDDR5, DDR4 va LPDDR4X xotira formatlarini, shuningdek, Thunderbolt 4, o‘ntagacha USB 2.0, to‘rtta USB 3 portini qo‘llab-quvvatlaydi. 

M1 Max chipi bilan jihozlangan 16 dyuymli MacBook Pro noutbuki uchta Thunderbolt 4 va HDMI portlari hamda SDXC karta slotiga ega. Garchi chip bundan-da, ko‘proq portlar bilan ishlay olsada, foydalanuvchi Apple qurilmasi ega bo‘lgan portlar bilan cheklanadi. 

Core i9 hamda M1 Max'ning unumdorlik darajasini taqqoslash uchun ular turli xil testlardan o‘tkazildi. 

Unumdorlik 

Ikki protsessorning unumdorlik darajasini taqqoslash uchun benchmark testlariga murojaat qilindi. Bu orqali ularning barcha imkoniyatlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. 

Handbrake 1.4 

Ikkala tizimda ham o‘tkazilgan eng oddiy sinov bu Handbrake 1.4 bo‘lib, u 12 daqiqalik videoni 4K H.264 video faylidan 1080p gacha transkodlashni o‘z ichiga oladi. Bu nafaqat protsessorning umumiy imkoniyatlarini solishtirishning ajoyib usuli, balki u protsessorning video tahrirlash uchun qanchalik mosligini ham o‘lchaydi. 

Natijalar o‘xshash bo‘ldi, Intel Core i9 atigi soniyalarga tezroq bo‘lib chiqdi. U topshiriqni 4 daqiqa 42 soniyada (4:42), Apple M1 Max esa 4:49 soniyada bajardi. 

Cinebench R23 

Sof protsessor qobiliyatini o‘lchaydigan yana bir sinov bu Cinebench R23 testi bo‘lib, u 10 daqiqalik tasvirlarni ko‘rsatish uchun ko‘p yadroli hisoblashdan foydalanadi. 

Bu testda 12-avlod Core i9-12900HK kattaroq farq bilan g‘alaba qozondi. U 16,259 ballni,  M1 Max esa 12,395 ballni qo‘lga kiritdi. 

GeekBench 5.4.1 Pro 

Protsessor kundalik vazifalarni qanchalik yaxshi bajarayotgani haqida umumiy ma’lumot olish uchun Primate Labs GeekBench Pro 5.4 testiga murojaat qilindi, M1 Max chipiga ega bo‘lgan MacBook Pro noutbuki 12,759 ball to‘pladi, biroq Intel Core i9 protssessori 13,506 ball bilan raqibini ortda qoldirdi. 

Adobe Photoshop 22 CC 

Kontent yaratish qobiliyatini sinab ko‘rish uchun Adobe Photoshop va PugetBench ilovalaridan foydalanib ko‘rildi. Ushbu testda gradiyentlarni to‘ldirish yoki maydonni xiralashtirishni filtrlash kabi odatiy Photoshop funksiyalaridan foydalanildi. Bu eng muhim sinovdir, chunki bu har qanday kontent yaratuvchisi muntazam ravishda bajaradigan vazifalar hisoblanadi. 

Ushbu taqqos avlagilardan farq qiladi. Chunki ushbu sinovlarda protsessor to‘liq kuch bilan ishlamaydi. 

Shuni takidlash kerakki, PugetBench va Adobe Photoshop 22 CC testini Apple tizimi qo‘llab-quvvatlaydi. Buning uchun tizim Rosetta 2 emulyasiyasini talab qiladi. Shu muammo sabab M1 Max nisbatan pastroq, ya’ni 876 ballni qo‘lga kiritdi. Core i9-12900HK esa bunday holat kuzatilmadi va u 1192 ball to‘pladi. 

Core i9 vs M1 Max: qay biri kontent yaratishda yaxshiroq? 

Apple komputer va noutbuklari video hamda grafik tahrir bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki ular ushbu qurilmalarda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ko‘plab ilovalarni topishlari mumkin bo‘ladi. Biroq hozirda kompyuter va noutbuk bozorida Apple'ga munosib muqobillar mavjud. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: kontent yaratish uchun qaysi biri yaxshiroq, Intel Core i9 yoki Apple M1 Max? 

Media bilan ishlash haqida gap ketganda, xoh u oddiy Photoshop'dan foydalanish, xoh musiqa yoki video tahrirlash kabi murakkabroq vazifalar bilan ishlash bo‘lsin, Intel Core i9-12900HK protsessori bu borada o‘z ishini M1 Max chipga qaraganda biroz yaxshiroq bajaradi.

Core i9 Photoshop'da ko‘proq ball qo‘lga kiritdi va berilgan vazifani qisqaroq fursatda bajardi. Handbrake testida videoni transkodlash amalini tezkor bajaradi. 

Biroq bu Apple media dasturlar bilan yomon ishlaydi degani emas. So‘nggi rusumdagi Mac kompyuterlarida Apple Final Cut Pro, Logic Pro X yoki Adobe Audition kabi professional tahrirchilar uchun yaratilgan ilovlar mavjud.

Core i9 vs M1 Max: o‘yin uchun qay biri yaxshiroq? 

Umuman olganda, bu borada Intel ustunroq. Sababi M1 chiplari bilan ishlovchi o‘yinlar soni ko‘p emas. 

Mac uchun mo‘ljallangan o‘yinlar sinab ko‘rilganda, noutbuk o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Qurilma 2016 yilgi Hitman va Rise of the Tomb Raider (2015) kabi o‘yinlarni sekundiga 100 dan ortiq kadrda (fps) yetkazib berdi, ammo yuqoridagi o‘yinlar Mac qurilmalarida standart ravishda ishlamaydi. 

M1 Max faqatgina M1 chiplari bilan ishlovchi GPU yadrolariga tayanadi. Unga Nvidia yoki AMD garfik protsessorlarini qo‘shishning imkoni yo‘q.

Intel esa o‘zi yaxshi integrallasha oladigan Iris Xe Graphics garfik protsessorini taklif qiladi. Apple'dan farqli o‘laroq, Intel boshqa kompaniyalarning grafik protsessorlari bilan integrallasha oladi. 

Biroq hozirgi kundagi Mac qurilmalaridan ham o‘yin o‘ynashda foydalanish mumkin. 

Umumiy olganda esa Intel ko‘plab o‘yinlarni hamda boshqa turdagi garfik protsessorni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun, o‘yin o‘ynash uchun 12-avlod Intel Core i9 protsessori ancha qulayroq. 

O‘QING: Snapdragon hamda Exynos chipiga ega bo‘lgan Galaxy S22 Ultra'ning GeekBench'dagi natijalari taqqoslandi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!